Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Iltimos e'tibor bering

Assalomu alaykum. Oilada ikki o'g'ilmiz, 4 sotixlik uyda ikki aka uka birga istiqomat qilamiz. Bizga berilgan chek (avvallari berilardi) ni 1989 yilda dadam raxmatli bir og'aynisiga bergan (hadeb so'rayverib, qistovlarga qo'yib, o'g'liz katta bo'lgunicha sizga boshqa olib beramiz deb yolg'on va'dalar bilan aldab). Dadam raxmatli ko'ngilchan odam bo'lgani uchun yo'q deya olmagan. shundan keyin bu mavzu sekin asta hayoldan ko'tarilgan (moddiy ahvollari yaxshilansa olib berar deya andisha saqlagan). Oradan ancha vaqt o'tdi. Onamning aytishicha xech qanaqa oldi sotdi shartnomasi bo'lmagan, xattoki sotdik deb xisoblashmagan ham. Yaqinda onam shu haqida gapirib qoldi, keyin xujjatlarni uydan qidirib topdik. Uy xujjati hamda arxitekturiya rejalari ham o'zimizda ekan. Olgan taraf esa go'yo xammasini "unutgan" endi o'sha chekni (7 sotix atrofida) qonunan qaytarib olishimiz mumkinmi? Kam ta'minlangan oilalar ro'yhatidamiz, o'zim ham rasman ishsizman. Xozir bizni hududda yer narxi qimmatligini ( 1 sotix o'rtacha 1200, 1400 USD atrofida ) xisobga olgan holda o'z haqqimizni talab qilsak qonunan talabimiz qondiriladimi? Javob uchun oldindan raxmat! Agar biror bir kuchli yurist bu xolatga qiziqib qolsa, iltimos, +998911703133 qo'ng'iroq qilinglar. Yordam bersangizlar bundan sizlar ham, biz ham minnatdor bo'lar edik

Jan 31, 2018 вопрос №295 Эркин Косимов , г.


Kategoriya: Недвижимость 0

Ответы