Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Firibgarlik jinoyatini sodir etish orqali olingan mol-mulk egasiga qaytariladimi?

Jinoyat kodeksining 168- moddasiga asosan Firibgarlik qilgan kimsa eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb belgilangan. Jabrlanuvchidan olgan pul miqdorini ham qaytaradimi?

Jan 18, 2018 вопрос №260 Doniyorbek , г.


Kategoriya: Уголовное право 2

Ответы

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

Qonunchiligimizda Jinoyat Kodeksining 168-«Firibgarlik» bo'yicha jinoyatni sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zarar qoplangan (soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'liq to'langan) taqdirda, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo qo'llanmasligi nazarda tutilgan. Ya'ni agarda jinoyatni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplab bermagan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq jazo qo'llanilishi ehtimolligi yuqori. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 11-sonli «Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida»gi qarorining 29-bandida «Sudlar, jazo tayinlashga individual yondoshish tamoyillariga rioya qilgan xolda tovlamachilarga, o‘zganing mulkini talon-toroj qiluvchilarga, soliq to‘lashdan ashaddiy bo‘yin tovlovchilarga, o‘zlarining harakatlari bilan davlat va jamoat manfaatlariga yoki fuqarolarning huquq va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan mansabdor shaxslarga, jinoiy guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazolarning qo‘llanilishini ta’minlashga majburdirlar. Shuning bilan birga, iqtisodiyot sohasidagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar moddiy sanksiyalarni, shuningdek, muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazolarni kengroq qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Davlatga va fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq undirishga erishilsin.» deb belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs yetkazilgan zarani qoplamagan taqdirda unga nisbatan yengillashtiruvchi normalar qo'llanilmaydi. 

Lawyer 1

Doniyorbek


kotta raxmat