Fuqarolar endi Konstitutsiyaviy sud majlislarida ishtirok etishlari mumkin

Hamidulla Ziyoyev
Hamidulla Ziyoyev 07.12.2019, 21:15
  • Davlat xizmatlari
  • 1295
Fuqarolar endi Konstitutsiyaviy sud majlislarida ishtirok etishlari mumkin

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunning 25- va 27-moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritiladi

O‘zlarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar bilan buzilgan deb hisoblovchi jismoniy va yuridik shaxslar Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish, Konstitutsiyaviy sud majlislarida ishtirok etish va ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ladi. Tegishli qonun loyihasi muhokamalar portalida e’lon qilingan.

2017 yil 31 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga ko‘ra, hozirda quyidagilar Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega: Oliy Majlis palatalari; Prezident; Vazirlar Mahkamasi; Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman); Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi; Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi; Senat a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; Bosh prokuror.

Konstitutsiyaviy sudning kamida uch nafar sudyasi tashabbusi bilan ham Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masala kiritilishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, uning o‘rinbosarlari, Senat Raisi, uning o‘rinbosarlari, Bosh vazir, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, Oliy sud raisi, Sudyalar oliy kengashining raisi, Bosh prokuror va adliya vaziri ishtirok etishi mumkin (27-modda).

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing