
Amerika hukumati aybsiz qamalib, 46 yil umrini panjara ortida o‘tkazgan Richard Fillipsga 1,5 million dollar tovon to‘laydi. Bu haqda «Gazeta.ru» sayti «CBS News»ga asoslanib yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, prokuratura ikkinchi urinishdan so‘ng tovon pulini to‘lashga ko‘ngan.
Fillipsni qotillikda ayblab, 1971-yili bir umrga qamashgan. Oradan uzoq yillar o‘tib u hech kimni o‘ldirmagani, guvoh yolg‘on ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi.
Fillips qamoqxonadaligi paytida tasviriy san’atga qiziqib qolgan va u hozir yaxshigina rassom. Ayrim asarlari minglab dollarga sotilmoqda.
«Ular menga tovon to‘lashadimi-yo‘qmi, farqi yo‘q», — ta’kidladi Fillips.