Oliy sudda Plenum: qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

Hamidulla Ziyoyev
Hamidulla Ziyoyev 22.08.2019, 10:41
  • Sud-huquq masalalari
  • 628
Oliy sudda Plenum: qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan majlisda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar, harbiy sudlar raislari va sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Alohida qayd etildiki,  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan sud-huquq tizimida qat’iyat bilan amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar avvalo fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarini amalda kafolatli himoyasini ta’minlash orqali ularni sud organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Oliy Sud matbuot xizmati vakili Aziz Obidovning «Xabar.uz»ga aytishicha, sud-huquq tizimidagi shiddatli yangilanish va o‘zgarishlar amaldagi qonunchilik bazasi izchillik bilan takomillashtirib borishni taqazo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, keyingi davrda Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi tasdiqlanganligi jamiyatimiz hayotida ulkan voqea bo‘ldi.

O‘z navbatida, ushbu yangi kodekslarning qabul qilinishi Oliy sud Plenumining bu boradagi qarorlarini yangi tahrirda qabul qilishni  talab etadi.

Shu maqsadda Oliy sud tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan «Jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida», «Sudning hal qiluv qarori haqida» va «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini birinchi instansiya sudida qo‘llashning ayrim masalalari haqida»gi qarorlari loyihalari ishlab chiqildi.

Plenum majlisida ushbu qarorlar loyihalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, muhokama etilgan Plenum qarorlari jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlarni qonuniy hamda adolatli hal etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, qonun hujjatlarining sud amaliyotida aniq va bir xilda tatbiq etilishiga, yagona sud amaliyotini shakllantirishga, shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini amaliyotda yanada samarali qo‘llanilishiga xizmat qiladi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing