Foydalanish shartlari

Ushbu bo’limda sayt faoliyati bilan bog’liq huquqiy hujjatlar joylangan. Mazkur hujjatlar sayt ma’muriyati bilan foydalanuvchilar o’rtasidagi, shuningdek foydalanuvchilarning bir-birlari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Yuridik.uz saytidan foydalanish bilan, Siz quyidagi hujjatlarga (ommaviy offerta) rozilik bildirgan hisoblanasiz. Iltimos, qoidalar bilan tanishib chiqing.

Foydalanish shartnomasi (ommaviy oferta)

Toshkent sh. 2018-yil “26”fevral

Ushbu shartnoma bir tomondan “Legal Innovations Centre” MCHJ (Yuridik.uz nomi ostida faoliyat olib boradi) “(matnda keyingi o‘rinlarda – “Sayt” yoki “Sayt ma’muriyati” deb yuritiladi) va ikkinchi tomondan internet tarmog’ining foydalanuvchilari (har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar) (matnda keyingi o‘rinlarda – “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) “https://yuridik.uz” saytidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnoma (matnda keyingi o‘rinlarda Shartnoma yoki oferta deb yuritiladi) tuzish haqidagi rasmiy taklifi (ommaviy ofertasi) hisoblanadi.

Sayt Internet tarmog’ida https://yuridik.uz manzili bo’yicha joylashgan bo’lib, u foydalanuvchilarga yuridik xizmatlarga buyurtma berish va advokatlarga (bajaruvchilarga) murojaat qilish imkonini beradigan onlayn savdo-platformasi shaklidagi kompyuter dasturidir. Advokatlar sayt yordamida mijozlarni qidirish va onlayn xizmatlar, shu jumladan yuridik xizmatlarni taqdim etishlari mumkin.

1.Asosiy Tushunchalar
Foydalanuvchi – Saytdan va uning funksiyalaridan foydalaniahni boshlagan yoki Mijoz yoki Yurist sifatida ro’yxatdan o’tgan Saytga tashrif buyuruvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor.
Mutaxassis – Saytda advokat, yurist yoki advokatlik tuzilmasi sifatida ro’yxatdan o’tgan, Sayta o’zining hisob qaydnomasiga ega bo’lgan foydalanuvchi.
Mijoz - Saytda xizmatlardan foydalanish maqsadida ro’yxatdan o’tgan va o’z hisob qaynomasiga ega foydalanuvchi.
Sayt (yoki ma’muriyat) – “Legal innovations Centre” mas’uliyati cheklangan jamiyati, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Davlat Xizmatlari Markazi tomonidan ro’yxatga olingan. STIR: 304900618, yuridik manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko’chasi, 1B-uy;
2. Aksеpt tartibi
2.1. Ushbu ommaviy Oferta aksepti Foydalanuvchini Saytda ro‘yxatga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sayt iOS, Android platformalarida va www.yuridik.uz manzili bo‘yicha ishlaydi. Oferta aksepti amalga oshirilgan paytdan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga rozi bo‘lmasa, saytdan foydalanishni to’xtatishi lozim.
3. Shartnoma predmeti
3.1. Mazkur shartnomaga muvofiq, Mijoz Sayt tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq to’lash majburiyatini oladi, Mutaxassis Saytdan foydalangan holatda yuridik konsalting xizmatlarini ko’rsatish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq olish huquqiga ega, Ma’muriyat foydalanuvchilarga Sayt imkoniyatlaridan haq evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
3.2. Shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha holatlar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga amal qiladilar.
Quyidagi hujjatlar mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda ushbu shartnomaning foydalanuvchi tomonidan aksept qilinishi ushbu hujjatlarning ham qabul qilinganligini anglatadi:
https://yuridik.uz/policies/terms-legal-services/ manzili bo’yicha joylashtirilgan www.yuridik.uz saytida yuridik xizmatlarni ko’rsatish qoidalari;
https://yuridik.uz/policies/confidential/ manzili bo’yicha joylashgan “Ma’lumotlar maxfiyligi qoidalari”;
Ushbu hujjatlar (shu jumladan, ularning biror qismi) bir tomonlama ravishda Sayt tomonidan ogohlantirilmasdan istalgan vaqtda o’zgartirilishi mumkin. Agar hujjatlarning yangi tahrirlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, hujjatlarning yangi nusxalari ular chiqarilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Foydalanish shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ham Foydalanuvchining Sayt xizmatlaridan foydalanishda davom etishi kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning uning tomonidan qabul qilinganligini anglatadi.
3.3. Foydalanuvchi Saytda ro‘yxatdan o‘tgunga qadar Foydalanish shartnomasi bilan to‘liq tanishib chiqishi shart. Foydalanuvchining Saytda ro‘yxatdan o‘tishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364, 365,369 va 370-moddalariga muvofiq Foydalanish shartnomasiga to‘liq va so‘zsiz rioya qilishini anglatadi.
3.4. Mazkur Foydalanish shartnomasi ochiq va ommaga mo‘ljallangan hujjat hisoblanadi. Foydalanish bo‘yicha kelishuvning amaldagi tahriri Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashtiriladi: https://yuridik.uz/policies/terms/
4. Sayt maqomi
4.1. Sayt o‘zida axborot tizimidagi EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar yig‘indisini aks ettiradigan, bunday ma’lumotlarni Internet tarmog‘idagi https://yuridik.uz manzilida ochiq joylashtirilishini ta’minlaydigan Internet resursi – axborot vositachisi hisoblanadi.
4.2.  https://yuridik.uz (domen nomi) tarmoq manzili va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha huquqlar Sayt ma’muriyatiga tegishli. Saytdan manfaatdor shaxslarning foydalanishiga yo‘l qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda Foydalanish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
4.3. Saytning alohida bo‘limlarida Foydalanuvchi va boshqa shaxslar tomonidan mustaqil joylashtirilgan (adabiy, musiqiy, audiovizual asarlar va fonogrammalar, grafika, dizayn va fotosurat mahsulotlari, EHM uchun dasturlardan tashqari) ma’lumotlar va intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish huquqi Foydalanuvchi yoki boshqa shaxslarga tegishli hisoblanadi.
4.4. Jismoniy va yuridik shaxslar mazkur Foydalanish shartnomasi bo’yicha yoki Sayt ish faoliyati bilan bog‘liq murojaat, taklif va shikoyatlari, shuningdek vakolatli davlat organlarining so‘rovnomalari mazkur shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan “Legal Innovations Centre” MCHJning pochta manzili yoki support@yuridik.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
4.5. Mazkur Foydalanish shartnomasi har qanday holatda Foydalanuvchiga firma nomi, tovar belgisi, domen nomi va Sayt ma’muriyatining boshqa taniqli belgilaridan foydalanish huquqini bermaydi. Firma nomi, tovar belgisi, domen nomi va Sayt ma’muriyatining boshqa taniqli belgilaridan foydalanish huquqi Sayt ma’muriyatining yozma roziligi bilan taqdim etilishi mumkin.
4.6. Ma’muriyat tomonidan Sayt faoliyatini yuritish va uni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.7. Mazkur Foydalanish shartnomasi har qanday holatda ham Foydalanuvchiga firma nomi, tovar belgisi, domen nomi va Sayt ma’muriyatining boshqa taniqli belgilaridan foydalanish huquqini bermaydi. Istisno tariqasida, firma nomi, tovar belgisi, domen nomi va Sayt ma’muriyatining boshqa taniqli belgilaridan foydalanish huquqi Sayt ma’muriyatining yozma roziligi bilan taqdim etilishi mumkin.
5. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
5.1.  Tomonlar shartnomaga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradilar:
5.1.1. Sayt ma’muriyati:
- Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash (ommaviy ochiq ma’lumotlar bundan mustasno);
www.yuridik.uz saytining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
5.1.2. Foydalanuvchi:
- Ushbu Foydalanish shartnomasi (ommaviy oferta) talablarini bajarish;
- Ro’yxatdan o’tish jarayonida va shaxsiy hisob qaydnomasida aniq va to’g’ri ma’lumotlarni tadim etish;
- Sayt xizmatlaridan foydalanish jarayonida(savol berishda, izoh qoldirishda va hokazo) qonunchilik va uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan va reklama, erotik, pornografik hamda haqoratlash xarakteridagi so’zlardan foydalanmaslik;
- Joylashtiriladigan(har qanday) axborot (material), izohlarda uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlari, tovar belgilariga bo‘lgan huquqlari, intellektual mulkning boshqa huquqlarini buzmaslik;
- Ko’rsatilgan xizmatlar uchun xizmat ko’rsatish haqini o’z vaqtida to’lash;
- Saytdan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik;
5.2. Foydalanuvchi Sayt ma’muriyati so‘roviga asosan ro‘yxatdan o‘tish paytida berilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Foydalanuvchi tomonidan Sayt ma’muriyatiga taqdim etilmagan yoki to‘liq taqdim etilmagan hollarda Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tganligini bekor qilishi yoki Foydalanuvchi istagan shakldagidan ko‘ra boshqa shaklda ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
5.3. Saytda boshqa foydalanuvchilarni adashtirishga yo‘naltirilgan harakatlar shuningdek, quyidagilarni amalga oshirish qat’iy taqiqlanadi:
– o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatish, xususan, boshqalarning ismlari yoki taxalluslar bilan bir necha marta a’zo bo‘lish orqali bir necha hisob qaydnomalarini yaratish;
– yolg‘on ma’lumotlar asosida hisob qaydnomasi yaratish, axborotni buzib ko‘rsatish, o‘zi haqida yolg‘on axborotni joylashtirish va boshqalar;
– anketa formalariga so‘ralmagan, lozim bo‘lmagan axborotlarni joylashtirish;
– xabar kimga qaratilganini aniqlash imkonini bermaydigan darajada axborotni buzib izoh qoldirish;
- Sayt xizmatlaridan foydalanish jarayonida(savol berishda, izoh qoldirishda va hokazo) qo’pol imlo xatolariga yo’l qo’yish;
– Saytda o’zi shaxsan qabulida bo’lmagan yoki xizmatidan foydalanmagan mutaxassislar haqida izohlar qoldirish va baholash;
5.4. Saytda joylashtirilgan barcha obyektlar, shu jumladan dizayn elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiya, video, skriptlar, dasturlar va boshqa obyektlar va ular majmuasi (keyingi o‘rinlarda — Kontent) Sayt ma’muriyati, Sayt foydalanuvchilari va boshqa huquq egalari mualliflik huquqi bo‘lib, bu obyektlarga bo‘lgan huquqlar himoya qilinadi.
5.5. Ushbu Qoidalarda belgilanganlardan tashqari hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hech qaysi Kontent muallif roziligini oldindan olmasdan turib ko‘chirilishi (qayta e’lon qilinishi), qayta ishlanishi, tarqatilishi, ko‘rsatilishi, chop qilinishi, yuklab olinishi, boshqaga o‘tkazilishi, sotilishi yoki boshqacha usul bilan butunlay yoki qisman egallanishi mumkin emas, muallif oshkora ruxsat bergan hollar bundan mustasno.
5.6. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy Kontentidan tashqari boshqa saytlar Kontenti, ma’lumotlar bazasi va boshqa mualliflarga tegishli intellektual faoliyat natijalarini muallif roziligini olmasdan turib yuklashi yoki ularni Saytda e’lon qilishga haqli emas.
5.7. Ro’yxatdan o’tish jarayonida taqdim etilgan, shuningdek Foydalanuvchi o‘z hisob qaydnomasida joylashtirgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashiga rozilik bildirgan hisoblanadi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini u Sayt xizmatlaridan foydalana olishi hamda Saytning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tegishli ma’lumotlarni tahlil qila olishi uchun qayta ishlashi mumkin. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi shaxsiga tegishli barcha ma’lumotlarni g‘ayriqonuniy ravishda olish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo‘q qilishni oldini olish bilan bog‘liq choralarni ko‘radi. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchilarning ma’lumotlari bilan ishlash uchun faqatgina Sayt funksiyalarini sozlash va Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun lozim bo‘lgan hollardagina ruxsat berishi mumkin. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek shaxsiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini amalga oshirish maqsadida (shu jumladan, Foydalanuvchining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ogohlantirish yoki uni to‘xtatish maqsadida) foydalanishi mumkin. Foydalanuvchining ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda qonun hujjatlari bilan vakolatli bo’lgan davlat tashkilotlari talabiga muvofiq taqdim etilishi mumkin.
5.8. Foydalanuvchining Saytdan foydalanishida ushbu Qoidalarga rioya etishi shubhali hisoblansa Sayt ma’muriyati o‘z qarashidan kelib chiqib istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmagan holda Foydalanuvchini o‘chirishi, ta’qiqlashi yoki Foydalanuvchini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tarzda o‘zgartirishga haqli.
6. Xizmatlar narxi va to‘lov tartibi
6.1. Sayt tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ushbu shartnoma bilan tartibga solinadi.
6.2. Ko’rsatiladigan xizmatlar uchun narx foydalanuvchi tomonidan belgilanadi va ko’rsatilgan narxni to’lash uchun keying qadamga o’tishi uning xizmat narxiga roziligini anglatadi.
6.3. Sayt yuridik konsalting xizmatlaridan foydalanish maqsadida buyurtma yuborgan Mijozlarning ham, savollarga yoki murojaatlarga javob berayotgan Mutaxassislarning ham vakili hisoblanmaydi, shuning uchun bu boradagi moliyaviy majburiyatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.
6.4. Saytdan foydalanuvchi Mijoz va Mutaxassis o‘rtasidagi har qanday kelishuv ikki tomonlama sanaladi hamda Sayt unga aloqador hisoblanmaydi.
6.5. Bahsli vaziyatlarda Sayt ma’muriyati Hakamlik vazifasini o‘z zimmasiga oladi hamda masala to‘laqonli ko‘rib chiqilgandan so‘ng muammoli vaziyatni Mijoz yoki Mutaxassis foydasiga hal etadi.
6.6. Sayt ma’muriyati Mijozlarga https://yuridik.uz/guarantees/  manzilida sifat, maxfiylik va xavfsizlik kafolatini taqdim etadi. Shuning bilan birgalikda pullik xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘ining faqatgina bir marta qaytarilishi kafolatlanadi. Ko‘rsatilgan xizmat sifatidan qoniqmaganligi sababli Mijozning pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi talabi Sayt ma’muriyati tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Bunday talab Sayt ma’muriyati tomonidan Mijozga ko‘rsatilgan xizmat sifati lozim darajada bo‘lmagan, huquqiy xatolik mavjud yoxud xizmat ko‘rsatishda boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda qanoatlantiriladi.
7. Tomonlarning javobgarligi
7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
7.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida unda yuzaga keladigan har qanday zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
7.3. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini muhofaza qilinmagan bog‘lanishlardan foydalanadigan qurilmaga kirtishda yoki ular zarar keltiradigan dasturlar va ilovalar tahdidi ostida bo‘lgan holda ularning sozligi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi
7.4. Sayt Shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibati bo‘lsa, javob bermaydi.
7.5. Sayt Foydalanuvchi ushbu shartnoma shartlari bilan, shuningdek Ilovada pullik servislarni faollashtirish vaqtida ularning ofertalari bilan tanishmagani va (yoki) o‘z vaqtida tanishmagani tufayli Foydalanuvchida yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javob bermaydi.
7.6. Sayt Shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik Sayt nazorati doirasidan tashqaridagi sabablar bilan belgilangan bo‘lsa, javob bermaydi. Sayt nazorat doirasi faqat saytning o‘z ishlash qobiliyati bilan cheklanadi va uchinchi shaxslarning aybi bilan yuz bergan nosozliklar yoki davlat idoralari yoki sud hokimiyati organlari tomonidan belgilangan taqiqlar va cheklashlar tufayli ishda yuz bergan uzilishlar uchun javobgarlikni o‘z ichiga olmaydi.
7.7. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan, agar bunday bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin Tomon oldindan ko‘ra bilishi ham, oqilona choralar bilan oldini olishi ham mumkin bo‘lmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengilmas kuch holatlari (fors-major) oqibati bo‘lsa, ozod qilinadilar. 8. Shartnomani bеkor qilish 8.1.  Foydalanuvchi istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan Yuridik.uz saytidagi hisob qaydnomasini o‘chirib tashlash yo‘li bilan bosh tortishga haqli.
8.2. Shartnoma hisob qaydnomani o‘chirib tashlanganidan keyin bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning bekor qilinishi, agar sayt doirasida pullik xizmatlar uchun buyurtma berilgan bo‘lsa, bunday xizmatlar bo‘yicha Shartnomalar bekor bo‘lganini anglatmaydi. 9. Nizolarni ko‘rib chiqish tartibi 9.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yo‘l bilan yoki Foydalanuvchining yozma murojaatiga binoan e’tiroz bildirish tartibida ko‘rib chiqiladi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar mazkur shartnoma va  O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
9.2. Yuzaga kelgan nizo e’tiroz bildirish tartibida hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.
10. Boshqa shartlar
10.1. Saytda joylashtirilgan har qanday sayt, mahsulot, xizmat, tijoriy yoki notijoriy xususiyatdagi har qanday ma’lumot Sayt ma’muriyati tomonidan ularni tavsiya qilish mazmunini anglatmaydi.
10.2. Foydalanuvchi va uchinchi shaxslar tomonidan Sayt Kontentidan notijorat maqsadida foydalanishga barcha mualliflik belgilarini yoki mualliflik to‘g‘risidagi boshqa eslatmalarni saqlash, muallif ismini va Kontent mazmunini o‘zgartirmasdan saqlash sharti bilan ruxsat etiladi.
10.3.  Uchinchi shaxslarning Saytlari va Kontentlari.
10.3.1. Saytda Internettarmog‘i (uchinchi shaxslarga tegishli saytlar)dagi boshqa saytlardagi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan intellektual faoliyat natijalari hisoblanadigan maqolalar, fotosuratlar, illyustratsiyalar, grafik tasvirlar, ma’lumotlar, ilovalar, dasturlar va boshqa Kontentlarga havolalar mavjud (bo‘lishi mumkin).
10.3.2. Uchinchi shaxslarga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan Kontentlar Sayt ma’muriyati tomonidan u yoki bu talablar (ishonchlilik, tugallik, xolislik)ga muvofiqligi tekshirilmaydi. Foydalanuvchiga ruxsat etilgan yoki u uchinchi shaxslardan Kontentidan olingan Saytda joylashtirilgan uchinchi shaxslarga tegishli har qanday ma’lumot, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan bildirilgan yoki ularning Kontentida bildirilgan ifodalar, fikrlar yoki tasdiqlar uchun Sayt ma’muriyati javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
10.3.3. Saytda joylashtirilgan uchinchi shaxslarga tegishli ilovalar yoki faylni yuklab olish yoxud o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar Sayt ma’muriyatining ushbu ilova, fayl yoki dasturlarni qo‘llab-quvvatlashini anglatmaydi.
10.3.4. Saytda joylashtirilgan har qanday sayt, mahsulot, xizmat, tijoriy yoki notijoriy xususiyatdagi har qanday ma’lumot Sayt ma’muriyati tomonidan ularni tavsiya qilish mazmunini anglatmaydi.
10.4. Shartnomaning biror qismi bilan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari o’rtasida ikki xil yondashuv bo’lganda, amaldagi O’zbekiston Respublikasining normativ-hujjatlari ustuvor hisoblanadi.
Shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha holatlar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga amal qiladilar.
10.5. Foydalanuvchi ushbu Oferta aksepti bilan Shartnomaning barcha shartlariga so‘zsiz rozi ekanligini tasdiqlaydi va uni bajarish majburiyatini oladi.

11. Sayt ma’muriyatining rekvizitlari
“Legal Innovations Centre” MCHJ
Manzil
: Toshkent shahri, Uchtepa tumani,
Katta Xirmontepa  ko’chasi, 1B-uy
Telefon: +998998373777
Email: support@yuridik.uz
So‘nggi o‘zgartirilgan vaqti: 26.02.2018-yil

MA’LUMOTLAR MAXFIYLIGI QOIDALARI

Ushbu Ma’lumotlar maxfiyligi qoidalari(matnda keyingi o‘rinlarda – “Qoidalar” deb yuritiladi) Foydalanuvchi saytdan foydalanish, ro’yxatdan o’tish jarayonida www.yuridik.uz sayti (matnda keyingi o‘rinlarda – “Sayt” deb yuritiladi )Foydalanuvchi haqida olishi mumkin bo‘lgan barcha axborotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Foydalaunvchining Saytdan foydalanishi va ro’yxatdan o’tishi Qoidalarga va undagi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq shartlarga so‘zsiz roziligini bildiradi; agar internet foydalanuvchisi ushbu shartlarga rozi bo‘lmasa, Saytdandan foydalanmasligi kerak.
1. Sayt tomonidan olinadigan va foydalaniladigan ma’lumotlar
1.1. Ushbu qoidalar doirasida “Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari” deganda quyidagilar tushuniladi:
1.1.1. Saytdan ro’yxatdan o’tish (hisob qaydnomasini yaratish) va foydalanish jarayonida foydalanuvchi o’zi haqida beradigan ma’lumotlar;
1.1.2. Saytdan foydalanish chog‘ida Foydalanuvchida o‘rnatilgan dasturiy ta’minot orqali avtomatik ravishda uzatiladigan ma’lumotlar, xususan, IP-manzil, cookie’dan olingan ma’lumotlar, Foydalanuvchining brazueri (yoki Saytga kirish amalga oshirilayotgan boshqa dastur) to‘g‘risidagi ma’lumot, kirish vaqti, so‘ralayotgan sahifa manzili.
1.2. Ushbu Qoidalar faqat Sayt doirasida amal qiladi. Sayt sahifalarida uchinchi shaxslar tomonidan qoldirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan saytlarni nazorat qilmaydi va ular uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi. Bunday saytlarda Foydalanuvchidan boshqa ma’lumotlar so‘ralishi yoki to‘planishi, shuningdek, boshqa harakatlar amalga oshirilishi mumkin.
1.3. Sayt Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan shaxsiy ma’lumotlarning aniqligini va ularning yaroqliligini tekshirmaydi. Biroq Foydalanuvchi o‘zi haqida aniq va ro’yxatdan o’tish formasidan so‘ralganidek yetarli darajada shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etganiga tayanadi va amalda ushbu ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini to’plash va qayta ishlashdan maqsad
2.1. Sayt faqat o‘z xizmatlarini taqdim etish uchun kerakli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi va saqlaydi.
2.2. Sayt Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
2.2.1. Sayt bilan tuzilgan Foydalanish shartnomasi (Ommaviy oferta) asosida Foydalanuvchini identifikatsiya qilish;
2.2.2. Foydalanuvchi xususiy(individual) ish va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatish;
2.2.3. Zarur bo‘lgan holatlarda, xususan, Saytdan foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yo‘naltirish, shuningdek, Foydalanuvchidan kelib tushgan so’rov va arizalarni ishlash vaqtida Foydalanuvchi bilan aloqada bo‘lish;
2.2.4. Saytning ish sifatini yaxshilash, foydalanishdagi qulayliklarini oshirish, yangi xizmat turlarini ishlab chiqish;
2.2.5. Reklama materiallarini targeting yordamida (saralab) joylashtirish;
2.2.6. Egasi yashirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish.
3. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va uni uchinchi shaxslarga taqdim etish shartlari
3.1. Sayt Foydalanish shartnomasiga hamda har bir xizmatning alohida reglamentiga asosan Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydi.
3.2. Foydalanuvchi o’zi haqidagi ma’lumotlarni to‘liq ochiq qilib qo‘yganidan boshqa holatlarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan maxfiylik saqlanadi.
3.3. Sayt quyidagi holatlarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi tomonga taqdim etishi mumkin:
3.3.1. Foydalanuvchi shunday harakatga o‘zining to‘liq roziligini bildirsa;
3.3.2. Foydalanuvchi ma’lum bir xizmat turidan foydalanish chog‘ida yoki Foydalanuvchiga qaysidir xizmatni ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda;
3.3.3. Ma’lumotlarni taqdim etish O’zbekiston Respublikasining amalagi qonunchiligi bilan normativ-hujjatlarda ko’rsatilgan bo’lsa;
3.3.4. Sayt (to‘liq yoki uning bir qismi) sotilgan vaqtda. Amaldagi Qoidalar shartlariga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarni xaridor yelkasiga yuklanadi;
3.3.5. Foydalanuvchi Saytningning Foydalanish shartnomasiga rioya qilmagan holatlarda Sayt yoki uchinchi shaxlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida;
3.4. Sayt tomonidan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish, qayta ishlash O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuniga asosan amalga oshiriladi.
4. Shaxsiy ma’lumotning Foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi
4.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda o‘zi tomonidan joylashtirilgan shaxsiy axborotni yoki uning ma’lum qismini o‘zgartirish (yangilash, to‘ldirish), shuningdek, “Sozlashlar” bo‘limidagi shaxsiy axborotni tahrir qilish imkoniyatidan foydalangan holda maxfiylik darajasini o‘zgartirish huquqiga ega.
5. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida ko‘riladigan choralar
5.1. Sayt Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari tasodifiy yoki noqonuniy yo‘l bilan o‘chib ketishi, o‘zgartirilishi, blokirovka bo‘lib qolishi, ma‘lumotlarning ko‘chirilishi, tarqatilishi, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan boshqa noqonuniy harakatlarining oldini olish maqsadida Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha zaruriy, texnik va kerakli darajada tashkil qilingan choralarni ko‘radi.
5.2. Fors-major holatlar natijasida ma’lumotlarning o’chib ketishi uchun sayt javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
6.  Qoidalarning o‘zgartirilishi. Tatbiq etiladigan qonunchilik
6.1. Sayt amaldagi Qoidalarni istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqiga ega. Amaldagi Qoidalar o‘zgartirilganida uning o‘zgartirilgan sanasi ko‘rsatiladi. Agar yangi tahrirda boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u e’lon qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi. Ma’lumotlar maxfiyligi qoidalarining amaldagi tahriri bilan ushbu manzilda joylashgan: https://yuridik.uz/policies/confidential/ .
6.2. Amaldagi Qoidalar va ushbu qoidalar orqali amalga oshiriladigan Foydalanuvchi hamda Sayt o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tatbiq etiladi.

So‘nggi o‘zgartirilgan vaqti: 26.02.2018-yil.

2018-yil “26”fevraldagi Foydalanish shartnomasi (ommaviy oferta)ga 2-ilova

YURIDIK.UZ SAYTIDA YURIDIK XIZMATLARNI KO’RSATISH QOIDALARI

Ushbu Yuridik.uz saytida yuridik xizmatlarni ko’rsatish qoidalari (matnda keying o’rinlarda – “Qoidalar” deb yuritiladi) Saytda yuridik xizmatlarni ko'rsatish (taqdim etish) va yuridik xizmatlarning sifatini yaxshilash shartlari, yuridik xizmatlarni ko'rsatish tartibi, shuningdek, ularning yagona standarti bo'yicha bo’yicha munosabatlarni tartibga soladi.

Ushbu qoidalarda nazarda tutilmagan munosabatlar Foydalanish shartnomasi va uning ilovlari bilan tartibga solinadi.

1. Asosiy Tushunchalar
1.1. Mazkur qoidalarda quyidagi tushuncha va atamalar qo’llaniladi:
Foydalanuvchi – Saytdan va uning funksiyalaridan foydalaniahni boshlagan yoki Mijoz yoki Yurist sifatida ro’yxatdan o’tgan Saytga tashrif buyuruvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor.
Yurist – Saytda advokat, yurist yoki advokatlik tuzilmasi sifatida ro’yxatdan o’tgan, Sayta o’zining hisob qaydnomasiga ega bo’lgan foydalanuvchi.
Mijoz - Saytda xizmatlardan foydalanish maqsadida ro’yxatdan o’tgan va o’z hisob qaynomasiga ega foydalanuvchi.
Hisob qaydnoma – Foydalanuvchining Sayt ma'lumotlar bazasida yaratilgan hisobi bo’lib, u foydalanuvchi nomi va paroli, telefon raqami, shuningdek, sayt funksiyalaridan foydalanishi uchun lozim bo’ladigan boshqa ma’lumotlardan tashkil topadi.
Yuridik xizmat – haq evaziga yoki tekinga Saytda ro’yxatdan o’tgan Yurist tomonidan amalga oshiriladigan harakat bo’lib, Mijozning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga va majburiyatlarini amalga oshirishga yordam berishga yo’naltirilgan xizmat. Saytda yuridik xizmatlar og’zaki va yozma konsultatsiya va hujjatlarni tayyorlab berish tarzida ko’rsatiladi.
Haq evaziga ko’rsatiladigan yuridik xizmat – Mijoz tomonidan oldindan haq to’lash va Yurist amalga oshirilgan xizmat uchun haq (gonorar) olishi tarzida amalga oshiriladigan xizmat.
Tekin ko’rsatiladigan yuridik xizmat – Mijoz tomonidan hech qanday haq to’lanmasdan va yurist tomonidan tekinga (gonorar olmasdan) ko’rsatiladigan xizmat.
1.2. Qoidalarda ushbu Qoidalarning 1.1 bandida ko’rsatilmagan atamalar ham qo’llanilishi mumkin. Bunday atamalarning ma’nosi Foydalanish shartnomasi va Qoidalarning matnidan kelib chiqqan holatda tushuniladi.
2. Haq evaziga ko’rsatiladigan yuridik xizmatlar uchun talablar
2.1. Sayt orqali ko’rsatiladigan yuridik xizmatlar Mijozning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, mijozning muammoli vaziyatini ijobiy tomonga hal qilishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Ushbu maqsadlarni hisobga olmasdan saytda yuridik xizmat ko’rsatish ta’qiqlanadi.
2.2. Yuristning yuridik xizmatlar ko'rsatishda mijoz bilan o'zaro hamkorligi Sayt sahifalari, dasturiy ta’minoti va funksiyalari orqali amalga oshirilishi kerak. Saytni chetlab o’tib (elektron pochta, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali, advokatlik tuzilmasiga chaqirish va hokazo) chetlab yuridik xizmat ko’rsatish ta’qiqlanadi, mazkur Qoidalarning 2.3 bandi nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
2.3. Saytning dasturiy funksiyalaridan foydalanib yuridik xizmat ko’rsatish imkonsiz bo’lgan quyidagi shartlar bajarilganda mijoz va yuristga o’zaro aloqa ma’lumotlarini almashishga ruxsat etiladi:
a) Saytning dasturiy funksiyalari yordamida mijozga onlayn xizmat ko’rsatish imkonsiz bo’lishi; (bunday xizmatlar ro’yxati ushbu Qoidalarning 2.4. bandida ko’rsatilgan);
b) mijoz yuristning Saytdan tashqari xizmatidan foydalaishni o’zi taklif qilishi; (xizmatni taqdim etish uchun oldindan mijozning roziligini olish);
c) Yurist bilan bog’lansih ma’lumotlari suhbat interfeysida “Kontantni yuborish” tugmasini bosish orqali yuborilishi;
2.4. Sayt yordamida (onlayn) ko’rsatish imkonsiz bo’lgan xizmatlar ro’yxati:
- Mijozning sudda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda vakili sifatida ishtirok etish;
2.5. Saytning dasturiy funksiyalaridan foydalanmasdan ko’rsatiladigan xizmatlar uchun Yuristning saytga vositachilik haqi har bir yurist bilan alohida muhokama qilinadi va belgilanadi.
2.6. Tushuntirish va konsultatsiya (maslahat) tarzida amalga oshiriladigan yuridik xizmatning mazmuni va tarkibi quyidagi talablarga muvofiq bo’lishi lozim:
2.6.1. Huquqiy konsultatsiya (maslahat) O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari yoki boshqa davlat qonunchiligi, xalqaro huquq normalari (mijozning vaziyati va talablariga mos ravishda) va/yoki sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqni qo'llash amaliyotiga asoslangan bo'lishi kerak;
2.6.2. Mijozning vaziyati normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqni qo'llash amaliyoti mavjud bo’lmaganda, rasmiy va norasmiy sharhlardan foydalanishga va sharhlashga va yuristning professional tajribasiga asoslangan konsultatsiyalarga yo'l qo'yiladi.
2.6.3. Konsultatsiyaning (maslahatning) matni yuristning mualliflik, yuristning intellektual faoliyatining natijasi va professional tajribasining mahsuli bo’lishi lozim. Maslahat matnini tayyorlashda normativ hujjatlardagi matnlardan va tegishli mualliflik huquqi himoyalanganligini anglatuvchi tegishli belgilarni qo’llash sharti bilan boshqa yuristlarning, mualliflarning, olimlarning fikrlaridan, asarlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
2.6.4. Maslahat matniga, agar ular maslahatdan ko’zlangan maqsadga erishishda yordam beradigan bo’lsa, turli fayllar, rasmlar va hujjatlarni ilova qilinishi mumkin.
2.6.5. Konsultatsiya “norasmiy iboralar”, jargonlardan foydalanmasdan rasmiy ish yurituv tilida bayon qilinishi kerak. Mijozga hurmat ma’nosida “Siz” tarzida murojaat qilish talab qilinadi.
2.6.6. Konsultatsiya (maslahat) matni:
- aniq va mijozga tushunarli bo’lishi;
- to’liq va asoslangan bo’lishi lozim.
2.6.7. Maslahat matni quyidagi tuzilishda bo’lishi tavsiya qilinadi:
a) Mijozga murojaat (masalan, Hurmatli Azizbek);
b) asoslantiruvchi qism – Mijozning savoli bo’yicha qonun hujjatlariga asoslangan aniq va tushunarli asoslantirish.
c) xulosa qismi – natijasi aniq ko’rsatilgan xulosa. Bunda mijozga keying qilinadigan ishlar haqida aniq va tushunarli yo’nalish, tavsiya beriladi. Shuningdek, Yurist xulosa qismida o’zining fikrini ham bayon etishi mumkin.
2.6.7. Quyidagi vaziyatlarda Yurist boshqa Yuristning javobini to’ldirishi mumkin:
a) Yurist tomonidan berilgan javob Mijozning vaziyatini/ savolini to’liq baholamagan va yetali konsultatsiya taqdim etilmagan bo’lsa, shuningdek Mijozga yordam beradigan yangi tavsiyalar mavjud bo’lganda;
b) agar berilgan konsultatsiyada qonun hujjatlari bo’yicha kamchiliklar va konstruktiv xatoliklar mavjud bo’lsa;
c) Yuristda Mijozga taklif qilinadigan boshqa muqobil tavsiyalar bo’lsa;
d) sifatli yuridik yordam ko’rsatish uchun lozim bo’lgan boshqa vaziyatlarda.
2.6.8. Takrorlashning oldini olish maqsadida boshqa Yuristning javobini to’ldiruvchi yuristdan oldingiz javoblar bilan tanishib chiqish talab qilinadi. Bitta javobni takroran berish ta’qiqlanadi.
2.6.9. Quyidagilar ta’qiqlanadi:
a) So’ralgan savol yoki mijozning vaziyatiga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlar berish;
b) konsultatsiyada shu savol uchun berilgan boshqa Yuristning javobini aynna yoki mazmuman takrorlash;
c) normativ hujjatlarga me’yrdan ortiq ko’p havolalar qo’yish, ulardan noo’rin foydalanish va normativ hujjatni sharhlasiz taqdim etish;
d) bohqa manbalardan (saytlar, kitoblar, maqolalar va hokazo) me’yordan ortiq taqriz qo’yish yoki manbani ko’rsatmasdan yozish;
e) konsulattsiya matni yoki uning ilovasida Yurist bilan bog’lanish uchun ma’lumotlar qoldirish yoki bog’lanish uchun ma’lumotlar mavjud saytlarga(korporativ, advokatlik tuzilmasining sayti va hokazo) havolalar berish, shuningdek, uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini yozish (Qoidalarning 2.2 bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno);
f) Qoidalarning 2.2 bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari vaziyatda Yuridik.uz saytidan tashqarida yuridik xizmatdan foydalanishni taklif qilish;
g) Ijobiy baholash yoki shikoyat yozish bo’yicha chaqiruvlarni o’z ichiga olgan matnni yozish;
h) Boshqa foydalanuvhilar yoki uchinchi shaxslarni kamsitishi mumkin bo‘lgan grafik fayl yoki xabarlarni, tahdid qiluvchi, zo‘ravonlikka chaqiruvchi, O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi va jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni amalga oshirishga targ’ib qiluvchi, terroristik, pornografik, erotik va odob-axloqqa zid keluvchi matni yozish va/yoki ilova qilish.
2.7. Konsultatsiya matnini yozishga qo’yilgan talablar:
a) Umumiy fikr va bir ma'noda gaplar birlashmasi yaona abzas shaklida yozilishi lozim;
b) Kodeks, qonun yoki boshqa normativ hujjatdan iqtibos olinganda ushbu matn “Qonundan iqtibos” tugmasi yordamida maxsus formatda bo’lishi va boshqa matndan ajralib turishi kerak;
c) So’zlarni qalinlashtirishga faqatgina Mijoz diqqatini biror jumla yoki mavzu nomiga qaratish (agar mavjud bo’lsa) uchun qo’llash mumkin. Boshqa vaziyatlarda matnni qalinlashtirish ta’qiqlanadi;
d) Agar matnda bir qancha xulosalar, hujjatlar ro’yxati yoki boshqa har qanday ro’yxatni yozish talab qilinsa, ular paragraflarga bo’linib, arab raqamlari bilan tartiblangan ro’yxat shaklida yozilishi lozim;
e) Bosh harflar bilan yozishga faqat qisqatirilgan atamalar ishlatilganda ruxsat etiladi;
f) uchinchi shaxslarning saytlariga havolalar qo’yishga mualliflik huquqi belgilarini qo’llagan holatda shu havolalar konsultatsiya mazmuniga aloqador bo’lsagina yo’l qo’yiladi.
3. Tekin ko’rsatiladigan yuridik xizmatlarga talablar
3.1. Mazkur Qoidalarning 2-bo’limida bayon qilingan qoidalar tekin ko’rsatiladigan yuridik xizmatlarga nisbatan ham quyidagi istisno bilan qo’llaniladi:
3.1.1. Qoidalarning 2.6.6 va 2.6.7 bandlarida ko’rsatilgan talablar tekin ko’rsatiladigan yuridik xizmatlar uchun tavsiyaviy kuchga ega.
4. Yakuniy qoidalar
4.1. Saytdan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Qoidalarga va Foydalanish shartnoma(Ommaviy Oferta) shartlariga roziligi va shartsiz akseptini anglatadi.
4.2. Foydalanuvchi Qoidalarda nazarda tutilgan shartlar rozilik bildirmagan tadirda saytdan foydalanishni to’xtatishi lozim.
4.3. Mazkur Qoidalarga amal qilinmaganda, Sayt Foydalanuvchining yozuvlarini o’chirib tashlash, ogohlantirish, vaqtinchalik yoki doimiy bloklash huquqiga ega.

So‘nggi o‘zgartirilgan vaqti: 26.02.2018-yil.

Mijozlar huquqlarini himoya qilish siyosati
Yuridik.uz o’z mijozlariga sifati kafolatlangan, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlagan holda va xavfsiz tarzda onlayn yuridik xizmatlarni taqdim etadi. Saytimiz orqali Siz huquqning istalgan sohasi bo’yicha istalgan vaqtda savolingizga professional yuristlardan javob olishingiz mumkin. Xizmatlardan foydalanyotganingizda sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaymiz.

Sifatsiz ko’rsatilgan xizmat uchun to’langan pulni qaytarish
Agarda sizga huquqshunoslar yordam bermagan va/yoki savolingizga yetarlicha javob bermagan deb hisoblasangiz, biz sizga pulingizni qaytaramiz. Pulingizni qaytarish uchun savol berilgan sanadan boshlab 30 kun ichida bizga yozing. Shikoyatlarni qabul qilish uchun email: appeal@yuridik.uz
* Pulni qaytarish siyosati faqatgina VIP tarifi doirasida ko’rsatilgan xizmatlar uchun amal qiladi
** To’lov qaysi shaklda qilingan bo’lsa pulni qaytarish ham shu usulda amalga oshiriladi, to’lov usuli almashtiirlmaydi.
*** Ko’rsatilgan xizmat uchun pulni qaytarish bo’yicha ariza sayt ma’muriyati tomonidan ko’rib chiqiladi. To’langan mablag’ni qaytarish rad qilinganda mijoz sudga murojaat qilish huquqiga ega

Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi
Sizning ishonchingizni oqlash faoliyatimizning bosh tamoyillaridan biridir. Ro`yxatdan o’tish jarayonida va loyihadan foydalanishning boshqa bosqichlarida kiritiladigan shaxsiy ma’lumotlar hech qayerda chop etilmaydi
Aloqa ma’lumotlaridan (telefon raqami, email manzili) ma’muriyat tomonidan sizga bog’lanish va/yoki huquqshunoslar tomonidan savolning to’liq mazmunini aniqlashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
* Sayt ma’muriyati foydalanuvchi tomonidan savol matnida joylashitirlgan ma’lumotlar xavfsizligi uchun javobgarlikni jimmasiga olmaydi;
** Sayt ma’muriyati huquqshunoslar tomonidan mijoz bilan aloqador ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

Qo’llab-quvvatlash
Agarda sizda loyiha faoliyati bilan bog’liq savol, taklif yoki shikoyat bo’lsa, biz sizni barcha imkoniyatarimizdan foydalanib qo’llab-quvvatlashga va’da beramiz. Buning uchun bizga xabar qoldiring.
Shuningdek, ekranning o’ng pastki burchak qismidagi onlayn-chat yordamida onlayn operator bilan bog’lanishingiz mumkin. ESLATMA! Texnik qo’llab-quvvatlash xizmati yuridik masalalar bo’yicha yuridik konsultatsiya ko’rsatmaydi, yuridik savollarni maxsus bo’limga yozing.

Hurmatli foydalanuvchilar,
Sizga yuqori sifatda xizmat ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz! Agarda qandaydir shikoyatingiz, taklifingiz bo’lsa, har qanday vaqtda menga xat yozishingiz mumkin. Loyiha bo’yicha fikringizni bildiring, yanada yaxshilash uchun g’oyalar bering. Biz sizning fikringizni va ishonchingizni qardlaymiz! Sizning tanlovingiz va bildirgan ishonchingizdan faxrlanamiz!

Hurmat bilan, Yuridik.uz loyihasi koordinatori