Декрет пулини олиш учун қаерга мурожаат қилиш керак? Javob yopilgan
Менинг аёлим иш жойидан зарурий декрет маблағини тўлиғича ололмаяпти. Буни қандай ҳал қилса бўлади? У спорт (футбол)га ихтисослашган мактабда дарс беради. Жавоб учун раҳмат.
Шовкат Аллаберганов02.07.2020, 15:21 Javoblar 1
Xorazm
Bo'sh yotgan yerni xususiylashtirish mumkinmi? Javob yopilgan
Uyimning yonida qo'shimcha 8 sotix yer bor. Oilada uch o'g'ilmiz. Men kattasiman. O'zimga boshqa uy qilib chiqishim kerak. Uyimning oldidagi mana shu qo'shimcha 8 sotix yerga uy qurib, ko'chib chiqsam bo'ladimi?
rasul bekeshov03.07.2020, 19:25 Javoblar 1
Qoraqalpog'iston
Majburiy ijro undirib bermayotgan to'lovni qanday undirish mumkin? Javob yopilgan
Avtohalokatdan so'ng 2-guruh nogironi bo'lgan do'stim sud qarori bilan jinoyatchidan ko'rsatilgan moddiy zararni (25 million so'm) undira olmayapti. Majburiy ijro byurosi "Undirishning iloji yo'q", deb 2 martadan beri ishni yopyapti. Shuni nima qilib undirsa bo'ladi?
Elyorbel Yuldashev03.07.2020, 19:27 Javoblar 1
Qashqadaryo
Tug'ruq ta'tili davri tugamasidan oldin ishga chiqish mumkinmi? Javob yopilgan
Assalomu Alaykum. Men hozir tug'ruq ta'tilidaman. Lekin oilaviy muammolar tufayli vaqtliroq ishga chiqsam bo'ladimi? Hozir qizim 2,5 yoshda, ishxonam chiqargan qaror bo'yicha 2020-yil iyunda ishga chiqishim kerak. Ammo undan oldinroq, fevral oyida ishga tushsam bo'ladimi?
Diyora Alimova03.07.2020, 19:56 Javoblar 1
Toshkent shahri
Ikki kishiga bo'lib sotilgan uyning yarmini buzish uchun ulardan biri ikkinchisini rozi qilishi kerakmi? Javob yopilgan
Assalomu Alaykum. Bitta umumiy uy, yarmi bir odamga, qolgan yarmi boshqa odamga sotilgan. Lekin shu bitta uyning 2 nafar egasi bor. Hozir ulardan biri bir tarafni buzmoqchi. Uyni buzayotgan taraf ikkinchi tarafdan ruxsat so'rab buzadimi, yoki ruxsat so'rashi shart emasmi?
Sherzod Tashmatov03.07.2020, 20:11 Javoblar 1
Toshkent viloyati
narxi
Uch yoshgacha farzandi bor ayollar ishlashi mumkinmi? Javob yopilgan
Assalomu Alaykum. 3 yoshgacha farzandi bor ayollar ishlashi mumkinmi?
Komiljon Korabayev02.07.2020, 16:41 Javoblar 2
Namangan
Паспортдаги қайси маълумотларни ўзгартириш мумкин? Javob yopilgan
Фуқаро паспортидаги маълумотлар – исми, шарифи, отасининг исми, туғилган куни ва ойини ўзгартириши мумкинми?
Фирдавс Хамрокулов02.07.2020, 15:16 Javoblar 1
Samarqand
Chet elda bo'lgan shaxs O'zbekistondagi shaxsga ishonchnoma bera oladimi? Javob yopilgan
Assalomu Alaykum. Men o'rtog'imning mashinasi uchun ishonchnoma olmoqchiman, ammo u hozirda Rossiyada. Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Javohir Qahhorov02.07.2020, 14:38 Javoblar 1
Andijon
narxi
Avtokreditga olingan mashinaga qancha vaqt ichida taqiq qo'yish kerak? Javob yopilgan
"O'zavtosanoat"ga qarashli avtosalon bilan mashinaning 50% to'lovini oldinlan to'lash va qolganini 2 yilga 0% ustama bilan to'lab borishga shartnoma tuzgandik. Shartnoma 30.11.2019 yilda tuzilgan. 3-dekabrda mashinaga YHX idorasidan davlat raqami oldik. Lekin avtosalon "Mashina sotib yuborilmasligi...
Shuxrat Erghashev30.06.2020, 13:22 Javoblar 2
Samarqand
Вафот этган турмуш ўртоғимнинг номидаги машина кимга қолади? Javob yopilgan
Турмуш ўртоғим вафот этди. Унинг номида бўлган машина энди кимга қолади?
Нилуфар Козимова30.06.2020, 14:11 Javoblar 1
Andijon