Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Gulrux Mamaraimova
Huquqshunos, г. Toshkent

10,0

Yuridik.uz reytingi

99%

xizmatdan qoniqqan mijozlar

0 ta minnatdorchilik

Yuridik.uz ekspertlar kengashi a'zosi

O'zi haqida


Proektda: с Nov 9, 2017

Xizmat narxi


Ilmiy darajasi


Университет: Тошкент давлат юридик университети

Степень: Магистр

Год окончания: 2012

Университет: Тошкент давлат юридик университети

Степень: Бакалавр

Год окончания: 2010

Кредитга олинган мулкнинг ажрим килиниш

Мен турмуш уртогим билан ажрашиш жараёнидаман. 1 йилдан буён алоҳида яшайман ҳамда вояга етмаган болаларим учун алимент тулаяпман. 2 йил олдин банкдан 15 йиллик ипотека кредити асосида уй-жой олганман. Ушбу ҳолатда ажрим жараёнидан уй-жой қандай ажрим қилинади.

Nov 8, 2017 вопрос №84 Firdavs , г.


Категория: Семейное право 3

Фарзандимни фамилияси ва отасининг исмини ўзгартириш

2012 йилдан буён эрим билан яшамайман.2017 йилда қонунан ажрашдик алиментга даъво қилмадим. Ўғлим ҳозир олти ёшда . Отам ўғлимни ўз фамилиясига олмоқчи.Бунинг учун қаерга мурожаат қилишим керак.

Nov 9, 2017 вопрос №85 Шодия , г.


Категория: Семейное право 3

Merosni sotsa boladimi

Yoshim-35da, ikkita farzandim bor.Men oilada kenja farzandman, mendan katta uchda opam bor. Dadam uyni kichkina opamga meros qilib qoldirgan. Lekin qogan farzandlar va onam bunga norozi. Kichik opam 2005-yildan dan beri eri bilan urushib uyga kelib o'tiribdi lekin ajrashmagan,uchta farzandi bor katta qizi turmushga chiqqan o'rtancha farzandi,o'g'li esa 1992-yilda tug'ilgan yana bitta qizi bor kollejda ikkinchi kurs. Otam Sentyabrda vafot etdilar. Endi Aziza opam -kichik opam uyni yarmini sotib o'g'lini uylantirmoqchi. Oyim bunga qarshi. Men uyning sotilishiga qonuniy qarshilik qilaolamanmi?

Nov 9, 2017 вопрос №86 Bek , г.


Категория: Гражданское право 3

Toshkent shahridagi ko'chmas mulkni Toshkent shaharida doimiy propiskaga ega bo'lmagan shaxsga hadya qilish mumkinmi?

Toshkent shahridan toshkent propiskasidagi qarindoshim nomiga uy sotib olganman. Uy qarindoshimning nomida meniki esa viloyatda yashayman. Men shuqarindoshimdan uyni notarial shartnoma orqali hadya qilish shartnomasi orqali o'z nomimga o'tkazib olsam bo'ladimi yoki qarindoshim menga vasiyat yozib bersa bo'ladimi buning tartibi qanday? Qarindoshimning turmush o'rtog'i vafot etgan,shuningdek voyaga yetgan farzandlari bor?

Nov 9, 2017 вопрос №87 sardor , г.


Категория: Недвижимость 2

Qanday qilib xotinim bilan tezroq ajrashish jarayonini tezlashtirsam bo'ladi?

Yoshim 31 da. Ma'lumotim oliy. Oilam notinchligi tufayli ajrashishga qaror qildim, xotinim esa uni nomiga uy olib bersamgina men bilan ajrashishga roziligini aytyabdi. O'g'limiz 1 yoshga yetmaganligi sababli sudga ariza berolmay turibman. Sudga ariza bergan taqdirimda, qancha muddat beradi, xotinimni davosi o'rinlimi? Qanday qilib ajralish jarayoni tezlashtirish mumkin?

Nov 11, 2017 вопрос №90 Мавлуддин , г.


Категория: Семейное право 4

Кўп квартирали уйларда шовқин чиқарувчи таъмирлаш ишларини бажариш вақти белгиланганми?

Кўп квартирали турар жойларда шовқин-суронли таъмирлаш ишларини қайси вақтда амалга оширишга рухсат этилган? Менинг икки нафар кичик болам бор, улар кундузи ухлашлари керак. Перфоратор шовқини уларга уйқу бермайди. Уй-жой тўғрисидаги қонун ҳужжатларида "ҳордиқ вақти" назарда тутилганми?

Nov 13, 2017 вопрос №96 Sarvar , г.Toshkent


Категория: Недвижимость 3

Vaqtinchalik propiskada turgan joyda haydovchilik guvohnomasi olish mumkinmi?

Men Namanganda asosiy yashash joyim bo'yicha doimiy propiskada turaman. Qoraqalpog'istonda esa talaba bo'lin, vaqtinchalik propiskadaman. Men Qoraqalpog'istonda vaqtincha propiskada tugan holatimda haydovchilik guvohnomasi olishim mumkinmi?

Nov 16, 2017 вопрос №97 Tohirjon , г.


Категория: Автомобильное право 2

Turmush o'rtog'im uyimdagi mol mulk va menga tegishli hujjatlarni meni ishtirokimsiz olib ketishi mumkinmi?

Biz 3, 4 oydan buyon birga yashamaymiz bir nafar farzandimiz bor. Dadamni nomidagi kvartirada yashardik. Hali xotinimni bu uyga ruyxatga kirgizmagandim. Xotinim hozir onasini uyida yashayabdi. Man ishdaligimdan foydalanib uydagi hamma narsani olib ketgan. Uyni xujjatlari diplomlarimni va yana ko'p hujjatlarni. Shu voqeaga chora ko'rsa bo'ladimi

Nov 16, 2017 вопрос №98 Мавлуддин , г.


Категория: Семейное право 4