Ko`p so`raladigan savollar

Bu erda saytning ishlashi bilan bog'liq tez-tez savollar bilan tanishishingiz mumkin

  • Fotosur'at, ism va familyamni o'zgartiraolmayapman ?

    Agarda advokat maqomida bo'lsangiz, siz ism, familiyangiz va fotosur'atingizni mustaqil o'zgartiraolmaysiz. O'zgartirish uchun sayt ma'muriyatiga murojaat qiling. Iltimos, o'zgartirish sabablari haqida imkon qadar batafsil ma'lumot bering

    Bog'lanish uchun: https://yuridik.uz/contacts

  • Nega shaxsiy sahifamdagi ma'lumotlarni to'ldirishim kerak?

    Toʻliq toʻldirilgan advokat/huquqshunos sahifasi mijozning shu shaxsga boʻlgan ishonchini oshiradi. Mijozlar yuqori ehtimol bilan toʻliq toʻldirilgan va rasm joylashtirilgan profilga yurist bilan pulli huquqiy maslahat olish uchun buyurtma qiladilar. Maʼlumotingiz, mutaxassisligingiz haqidagi maʼlumotlarni hamda rasmingizni ham joylashtirishni tavsiya qilamiz. Sozlashlar boʻlimida koʻrsatiladigan xizmatlar qisqacha tavsifi va toʻlovi haqida maʼlumot kiritishingiz mumkin. “Oʻzingiz haqingizda” bandida shaxsiy maslahat olish maqsadida mijoz sizni oson topib olishi uchun maʼlumotlar kiriting.
     

  • Fotosur'at uchun alohida talablar qanday?

    Advokat fotosur’ati quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    • – sur’atda yakka o’zingiz bo’lishingiz (boshqa odamlar, hayvonlar, turli buyumlarsiz);
    • – yuzingiz aniq aks etgan bo’lishi;
    • – rasmiy uslubga xoslik;
    • – quyosh nuridan saqlovchi ko’zoynaklar ta’qiqlanadi;
    • – yaxshi sifatli bo’lishi.

    Iltimos, faqat o'zingizning sur'atingizni joylashtiring. Boshqa shaxslarga tegishli fotosur'atlarni joylashtirmang. 

  • Yuridik ma'lumot qanday qilib tasdiqlanadi va bu nima uchun kerak?

    Yuridik.uz da biz yuqori sifatli va professional huquqiy maslahat berilishiga harakat qilamiz, shu sababdan ham huquqiy maslahatlar oliy yuridik maʼlumot mavjudligi tasdiqlangan yuristlar tomonidan beriladi. Bundan tashqari shaxsning advokatligini tasdiqlovchi hujjati mavjudligi pulli savollarga javob berish sharti ham sanaladi. Alohida hollarda oʻrta-maxsus yuridik maʼlumotli hamda tor doiradagi oliy maʼlumotli (soliq maslahatchisi, auditor va boshq.) mutaxassislar orqali ham pulli xizmat koʻrsatiladi. Oʻzingizning maʼlumotingizni tasdiqlash uchun shaxsiy kabinetda (Shaxsiy kabinet>Profilni tahrirlash>Maʼlumot) Ta'lim qismida ma'lumotlarni to'ldirishingiz mumkin. Ushbu ma'lumot ommaviy ochiqdir. 

  • Bepul va pulli savollarning farqi nimada?

    Yuridik.uz loyihasidagi savollar 2 turga bo’linadi: pullik va bepul                                                   
    1. Pulli savollar
    Har kuni saytimizga o’nlab savollar kelib tushadi. Ularning ayrimlari pulli savollardir. O’rtacha pulli savol qiymati – 35000 so’m. Odatda pulli savol berilgandan so’ng bir qancha advokatlar javob beradilar, mijoz barcha javoblarni o’qib chiqib, o’zi gonorarni taqsimlaydi.  Agar mijoz tomonidan savol yopilgandan keyin ham gonorar taqsimlash amalga oshirilsa, 10 kundan so’ng sayt ma’muriyati tomonidan gonorar taqsimlanadi.
    DIQQAT!  Faqat advokat maqomida bo’lgan huquqshunoslargina pullik savollarga javob berishda qatnashaoladilar. Jamoamiz barcha huquqshunoslarga bunday imkoniyatni berish borasida harakat qilmoqdalar. Yaqin kunlarda barcha uchun shunday imkoniyat taqdim etiladi. 

    2. Bepul savollar
    Bepul savollarga javob berish orqali insonlarga yordam berasiz, jamiyatda huquqiy madaniyat rivoji o’zi hissangizni qo’shgan bo’lasiz. Qolaversa, bepul javob olgan mijozlarning aksariyati javob bergan advokat xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ya’ni bepul javob berish orqali o’zingizga mijozlar jalb qilishingiz mumkin. Shuningdek, qancha ko’p savolga javob bersangiz, saytda reytingingiz shuncha yuqorilayveradi.
    DIQQAT! Ayrim bepul savollar ham «biriktirilgan» maqomiga ega, bunday savollar bepul bo’lsa-da, ularga biroz kichik pul miqdori ajratiladi. 

  • Men uchun qiziqarli savollarni qanday qilib topaman?

    Siz oʻzingiz uchun qiziqarli savollarni saytning asosiy sahifasidagi  yoki menyu panelidagi "Savollar" tugmasini bosish orqali savollar sahifasiga o'tishingiz mumkin. Savollar ro'yxatining yuqori qismida "Murakkab qidiruv" mavjud bo'lib, bu yerda siz tanlashning turli parmetrlarini kiritishingiz ham mumkin. 

  • Savollarga javob berish orqali pul ishlashim mumkinmi?

    Albatta! Bu Yuridik.uz loyihasining asosiy funksiyalaridan biri - yuristlarga joylashgan manzilidan qatʼi nazar masofadan turib ishlash va pul topish imkoniyatini taqdim etish. Siz mijozlar yuborgan pulli savollarga javob berish, telefon orqali yuridik konsultatsiya berish hamda hujjatlar bo'yicha tenderda ishtirok etib pul ishlab olishingiz mumkin.

  • Pulli savollarga javob berish uchun nima talab qilinadi?

    Saytda pullik xizmatlar ko'rsatish uchun advokatlik litsenziyasiga ega bo'lishingiz talab qilinadi. Advokatlik maqomini olish uchun bizga so'rov yuboring. Buning uchun shaxsiy sahifangizning chap yon qismidagi "Advokat maqomini olish uchun so’rovnoma yuborish" bo'limida so'ralgan savollarni to'ldiring. So'rovingiz 24 soat ichida ko'rib chiqiladi va qaror borasida email orqali xabardor qilinasiz.