Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

О YURIDIK.UZ И ЛЮДЯХ, КОТОРЫЕ ЕГО СОЗДАЮТ

Yuridik.uz – onlayn tarzda yuridik xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekistondagi eng yirik internet servislaridan biri. Hozirda loyihamizning auditoriyasi O‘zbekistonning turli burchaklaridan bo‘lgan o‘n minglab kishilarni o‘z ichiga qamrab olgan. Yuridik.uz bilan mavjud barcha huquqiy xizmatlarning deyarli 70 foizini masofadan turib, huquqshunos ofisiga bormasdan, onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.

Biz Yuridik.uz loyihasini huquqiy hujjatlarni tayyorlash, huquqshunos bilan ishlash, konsultatsiya va samarali huquqi yordam olish haqidagi tasavvuringizni to‘laligicha ijobiy tarafga o‘zgartirish uchun amalga oshirmoqdamiz.

Yuridik.uz qanday ishlashi haqidagi videorolikni tomosha qiling

Yuridik.uz zamonamizning yuqori ishtiyoqli va iqtidorli kishilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, aynan ular loyihaning eng qimmatli resursi hisoblanadi. Ular orasida huquqshunoslar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar bazasi muhandislari, veb-dizaynerlar, internet-marketologlar mavjud. Shuningdek, jamoamizning a’zolari faqatgina O‘zbekistonda turib emas, balki boshqa xorijiy davlatlarda yurib ham (AQSh, Yaponiya) faoliyat yuritishadi.

VAZIFA

Yuridik.uz’ning vazifasi - O‘zbekistonda barcha uchun istalgan vaqt foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan va innavatsion huquqiy xizmatlarni ko‘rsatilishini ta’minlash hisoblanadi.

  • Biz har bir fuqaro har qanday holatda kerakli huquqiy yordamni olish imkoniga ega bo‘lishi lozim deb hisoblaymiz.
  • Fuqarolarga o‘z huquqlarini erkin va samarali himoya qilish imkonini yaratish uchun qo‘limizdan kelgan barcha harakatlarni amalga oshirishga tayyormiz.
  • Fuqarolarga samarali huquqiy yordam ko‘rsata oladigan mutaxassislarni topishga yordam beramiz.
  • Huquqiy yordam ko‘rsatish sohasida yangi texnologik usullarni joriy qilmoqdamiz.
  • O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga o‘z hissamizni qo‘shishni xohlaymiz.

TAMOYILLAR

Yuridik.uz – kommersial faoliyat hisoblanadi. Biroq biz iqtisodiy manfaatni chetga surib qo‘yish ehtimoli bo‘lsada, bir qancha tamoyillarga qat’iy amal qilamiz.

SIFAT: huquqiy xizmat ko‘rsatish uchun biz faqatgina ushbu sohada yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, tajribali, tekshirilgan huquqshunoslarni jalb qilamiz.

ISTALGAN VAQT FOYDALANISH IMKONI: huquqshunoslar O‘zbekistonning istalgan burchagidan va sutkaning istalgan vaqtida xizmat ko‘rsatishga tayyor.

ERKINLIK: biz mijozlar va huqushunoslar o‘rtasida halol va erkin muloqotni ta’minlaymiz. Bunda mijoz o‘z xohishiga ko‘ra kerakli huquqshunosni tanlaydi, huqushunos esa, ko‘rsatiladigan xizmat haqi miqdorini mustaqil belgilaydi.

MUKAMMALLIK: biz eng yuqori darajadagi va mukammal huquqiy xizmat ko‘rsatilishi uchun o‘z ixtiyorimizda bo‘lgan barcha harakatni amalga oshiramiz.

YURIDIK.UZ’DA ISHLASH

JAMOAMIZ UCHUN KIMLARNI IDIRYAPMIZ?

Biz harakatchan va iqtidorli kishilarni jamoamizga qabul qilishga doim tayyormiz.

Biz O‘zbekistonda ko‘plab fuqarolarning hayotini ijobiy tarafga o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi eng yaxshi va sifatli onlayn yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yarata olishimizga ishonchimiz komil.

Ushbu loyihani tez va muvaffaqiyatli rivojlanishini, fuqarolarning turli sohalardagi muammolariga yechim beruvchi muntazam xizmat sifatida mustahkamlanishini xohlaymiz.

Agar Siz ham hayotga nisbatan shunday nuqtai nazar bilan qarasangiz, bizga qo‘shiling!

Bizning afzalliklarimiz

Yuridik.uz bilan ishlash murakkab va amaliy muammolarni onlayn tarzda hal qilish imkonini beradi. Shuningdek, birgalikda O‘zbekistonda millionlab fuqarolar foydalanadigan xizmat mantazam xizmat turini yaratamiz.

Orzuyingizdagi ishni xohlaysizmi?

Bizdagi bo'sh ish o'rinlarini ko'rib chiqing