Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Alyument buyicha

Salom aleykum savolim xozirgi kunda alyument tulayman ozim chet davlatdaman Uzbekistonga qaytib bir yilligini oldindan tulasam chetga chiqishga zapretni olishadimi yoki chetga chiqishga ruxsat bermaydimi? Nima qilsa chet elga chiqishga zapretni olishadi javob uchun raxmat

Mar 8, 2018 вопрос №344 Rustam , г.


Kategoriya: Семейное право 1

Ответы

Lawyer 1

Jaloliddin Askarov

Huquqshunos

Mazkur holat yuzasidan shuni aytish kerakki,  Oila kodeksining 145-moddasiga muvofiq, agar Siz doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganingizda aliment oluvchi shaxslar bilan qonunga muvofi aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzishingiz shart.

Ya`ni buning uchun Siz:

1) Aliment olayotgan shaxs bilan yozma shaklda aliment miqdori, to`lanishi, shartlari, to`lanishi tartibini belgilab olishinigiz va notarial tasdiqlatishingiz kerak.

2) Yozma kelishuvda pul miqdori yoki aliment narsasini aniq belgilab olish lozim va belgilangan aliment miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo'lgan miqdordan kam bo'lmasligi kerak.

3) Yozma kelishuvda ish haqi va (yoki) boshqa daromadga nisbatan ulushlarda; vaqti-vaqtida pul bilan to'lanadigan qat'iy summada; bir yo'la pul bilan to'lanadigan qat'iy summada; mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda to'lanishi usullari belgilanadi.  

Misol uchun Siz chet elda uzoq muddatga ketayotgan bo`lsangiz, qat`iy summada pul berish yoki mulk berishingiz yoki chet eldan har oyda pul yuborib turishni kelishib olishingiz mumkin.

Kelishuvga erishilsa, ushbu kelishuv nusxasini tuman majburiy ijro xodimiga berishingiz va chet elga chiqishga bo`lgan ta`qiqni olib tashlashingiz mumkin.

Bordiyu Siz  kelishuvga erisha olmasangiz u holda aliment miqdorining pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanishi va alimentni bir yo'la to'lash to'g'risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to'lash to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishingiz kerak.