Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Pasport olgan fuqaro o‘z familiyasini o‘zgartirishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! 2000-yilda tug‘ilganman. Fuqarolik pasportini olganman. Hozir yoki keyinchalik familiyamni o‘zgartirishim mumkinmi? Mumkin bo‘lsa buning uchun nima qilishim kerak?

Feb 22, 2018 вопрос №340 Shahzod , г.


Kategoriya: Гражданское право 1

Ответы

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

Fuqarolik kodeksining 19-moddasiga muvofiq, agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (to‘qilgan ismdan) foydalanishi mumkin, shuningdek o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli. U manfaatdor shaxslarda fuqaroning ismi o‘zgarganligi haqida ma’lumot yo‘qligi tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi. Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan ismini, familiyasi, otasining ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak (Oila kodeksining 226, 227-moddalari; VMning 12.04.1999 yildagi 171-son Qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 166-184-bandlari).

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza - ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, turar joydagi FHDYO organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. FHDYO organining rad javobi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishi xususida faqat ichki ishlar organlari tomonidan shaxs tegishli tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyin xulosa tuziladi, uning asosida fuqarolik holatlari dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlaridagi yozuvlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Otaning ismi o‘zgarishi 16 yoshga yetmagan bolalarining ota ismi o‘zgarishiga olib keladi. Ota-onalardan har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilishi 16 yoshga to‘lmagan bolalar familiyasining ham o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi. Agar ota-onadan biri familiyasini o‘zgartirsa, ularning voyaga yetmagan bolalarining familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onalarning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi. Ota-onalardan birining familiyasini o‘zgartirganligi (hatto otaligi belgilanayotganda ham) turmush o‘rtog‘i va uning voyaga yetgan bolalarining familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Qonunda familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish soniga nisbatan cheklovlar belgilanmagan.