Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

5000 сум стоимость
вопроса

Kreditga olingan uy joy nikohni bekor qilishda bo'linadimi?

Men o'zimning ishda erishgan yutuqlarim evaziga Yoshlar Ittifoqi tomonidan qurilayotgan Kamolot uylariga tavsiyanoma olganman. 2017-yil uchun uy joylar taqsimlandi, jumladan menga ham uy berildi. Hozir uy joy krediti uchun hujjatlarni yig'moqdamiz. Lekin bir masala, mening turmush urtog'im bilan munosabatim buzildi hamda hozir ajrashish jarayonidamiz. 1 ta farzandim bor. Ushbu holatda menga kredit ajratiladimi? Ajratilsa olingan uy ajrim qilinadimi yoki yo'qmi? Tartibda kamolot uylari yutuqqa erishgan yosh oilalarga berilishi aytib o'tilgan. Yosh oilaga esa « yosh oilalar — ushbu Nizomga muvofiq Yoshlarning ko‘p kvartirali uylaridan ipoteka krediti asosida kvartiralarni sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).» Sifatida tarif berilgan.

Jan 16, 2018 вопрос №252 Firdavs , г.


Kategoriya: Семейное право 1

Ответы

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

Ajrashish chog‘ida nafaqat barcha orttirilgan ashyolar, balki er-xotinning umumiy qarzlari ham bo‘linishi mumkin. Bankka ipoteka to‘lovlari bo‘yicha kredit majburiyatlari umumiy qarzlar hisoblanadi. Oila kodeksining 34-moddasida er-xotinning umumiy qarzlarini bo‘lish imkoniyati nazarda tutilgan.

Mol-mulkni bo‘lish tartibining bir nechta turi mavjud:

ixtiyoriy tartib (nikoh davrida tuzilgan shartnoma yoki mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv asosida);

majburiy (sud) tartib.

Shu tariqa, ajrashish paytida qarzlarni ikkala tarafning roziligi bilan bo‘lib, ushbu masalalarni nikoh davridayoq shartnoma yoki tegishli kelishuv bilan tartibga solish mumkin.

Agar taraflarning manfaatlari o‘rtasida ixtiloflar, ziddiyatlar vujudga kelsa, birgina yo‘l bor - sudga murojaat qilish. Ajrashish chog‘ida qarzlarni bo‘lish masalasining sudda ko‘rilishi odatda mol-mulkni bo‘lish masalasini ko‘rish bilan birga amalga oshiriladi.

Mol-mulk va qarzlarni bo‘lish chog‘ida taraflar turli variantlarni qo‘llashlari: mol-mulkni ham, qarzlarni ham har bir tarafga teng hajmda berishlari; bir tarafga ko‘proq mol-mulkni, biroq ko‘proq qarzlarni ham berishlari; mol-mulkka doir huquqdagi ulushni va unga mutanosib ravishda qarz summasini ham belgilashlari mumkin va hokazo.

Biroq bunda er-xotin ularning kreditorlari bilan kelishishlari zarur bo‘lib qolishi ham mumkin.  Oila kodeksida qarzlarni bo‘lishning adekvat va tushunarli tartibi belgilanmagan faqat umumiy asoslar belgilangan. Odatda qarzni vujudga keltiradigan shartnoma faqat er-xotinning biriga rasmiylashtiriladi. Shu bois kreditor shunday deyishi mumkin: men shartnoma tuzgan aniq fuqaro bor ekan, qarzni to‘liq hajmda ayni undan undiraman, uning nikohdaligi yoki nikohi buzilganligi meni qiziqtirmaydi.