Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

5000 сум стоимость
вопроса

Nikohni bekor qilishdagi haq huquqlar

Javobingiz uchun minnatdorman. Farzandim yoshga tolmagani va nikohni bekor qilish jarayoni 1 yoshga tolganda korilishi malum qilingan. Men sudga ariza yozmoqchi emasman. Shunga kora mebel jihozlarimni sudga qadar qanday qaytarib olsam boladi qaynonam berishdan bosh tortayotgan bolsa? Nikoh bekor qilingan taqdirda farzandim uchun nega uy talab qilishga haqqim yoq? Men oyilada 4 ta qiz farzandmiz turmush ortogim esa 1 ta farzand lekn kelinlik uyimda royhatda faqat qaynona qaynatam mavjud. Turmush ortogim royhatda mavjud emas va men ham qizlik uyim royhatidaman ?

Jan 12, 2018 вопрос №238 Maftuna , г.


Kategoriya: Семейное право 1

Ответы

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

Er-xotinning nikoh davrida orttirgan mol-mulki umumiy mulk deb e’tirof etiladi. Ammo nikohga qadar olingan mulklar har bir tarafning shaxsiy mulkidir. Siz nikohni bekor qilmasdan turib ham mol-mulkni taqsimlanishi mumkinligi qonunchilikda belgilangan. Er-xotinning birortasining talabi bilan umumiy mol-mulkni nikoh davrida ham, u bekor qilinganidan keyin ham taqsimlash mumkin. Nikohi bekor qilingan er-xotinning umumiy mol-mulkini taqsimlash to‘g‘risidagi talablarga esa 3 yillik da’vo muddati qo‘llanadi.

Shunday ekan, siz ham, turmush o’rtog’ingiz ham nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni kutib o‘tirmay, mol-mulkni taqsimlash to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Bunda shuni bilishingiz lozimki, Oila kodeksi 27-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin.

Mazkur me’yorni umumiy qoidadan istisno sifatida qarash kerak, chunki qonun muayyan huquqiy oqibatlar boshlanishini (xususan er-xotin mulkiy huquqlar va majburiyatlarining yuzaga kelishi hamda ularning tugatilishi) belgilangan tartibda tuzilgan va, tegishincha, lozim darajada rasmiylashtirilgan (FHDYo organi yoki sudda) ajralish bilan bog‘laydi. Shu bois sud nikohning amalda bekor qilinishi bilan yuzaga kelgan er-xotin alohida yashash davrida orttirilgan mol-mulkni ular har birining shaxsiy mulki deb topishga haqli, biroq majbur emas. Zero uni xarid qilish manbai er-xotinning shaxsiy mablag‘lari emas, balki umumiy mablag‘lari bo‘lishi mumkin.

 

Siz sudga nikohni bekor qilishni sorab emas, mol-mulkni taqsimlashni sorab davo ariza kiritishingiz mumkin. Ushbu arizada albatta mebellarni shaxsiy mulk deb etirof etilishini sorashingizni tavsiya qilamiz.  Mebellarni qaytarib olishning qonuniy yo'li sud orqalidir. 

Qonunchilikda farzand tarbiyasi uchun ota-ona ta'minot berishi lozimligi belgilangan ammo bu hech qaysi tomonga uy olib berish majburiyatini yuklamaydi. Shuni ham inobatga olish kerakki, agarda sud farzandni siz bilan emas, turmush o'rtog'ingiz bilan qolishini hal qiluv qarorida ko'rsatsa ayol kishi ham aliment to'lashi mumkin. 

Nikohni bekor qilish haqida sudga da'vo ariza berayotganingizda hozirgi ijtimoiy ahvolingizni batafsil bayon qiling va sud bularni inobatga olgan holatda qaror chiqaradi