Assalomu alaykum! Turar joy 2016 may oylarida sotib olingan. Qonunda belgilangan tartibda notarius idorasida rasmiylashtirilgan. Gaz to`lovlarini o`z vaqtida to`lab kelamiz. 16.12.2017sanada Chilonzor Tumangaz idorasiga schetchikni qayta sinovdan o`tkazish muddati kelganligi sababli hat tashagani borganimizda bizda penya borligini ma`lum qilishdi. Biz bunga javoban 2016 yil may oylarida sotib olganimizni va oz vaqtida to`lab kelishimizni aytsak, tumangaz hodimlari bu penya sotib olingandan oldingi yig`ilgan qarzdorlik deb ma`lumot berishdi. Ma`lum bo`lishicha Notariusga oldi-sotdi shartnomasi tuzilishidan oldin qarzdorlik yo`qligi to`g`risida ma`lumotnma taqdim etiladiku? yoki penya bu holatda to`lanmasdan yangi egasiga o`tib ketishi mumkinmi? Bu holat bo`yicha qonunda belgilangan tartibda qanday yechim topish mumkin?
Dec 16, 2017 вопрос №174
Kategoriya: Защита прав потребителей 3