Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Barchasi Pullik Bepul

Pasport olgan fuqaro o‘z familiyasini o‘zgartirishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! 2000-yilda tug‘ilganman. Fuqarolik pasportini olganman. Hozir yoki keyinchalik familiyamni o‘zgartirishim mumkinmi? Mumkin bo‘lsa buning uchun nima qilishim kerak?

Feb 22, 2018 savol №340 Shahzod , г.


Kategoriya: Гражданское право 1

Profilaktika inspektori

Assalomu alaykum. Ikkita savolga qimmatli maslahatinglarni olmoqchiman: 1)Kecha 18.02.2018 yil sanasida (yakshanba kuni) uyga bozor o’char qilib narsalarimni o’zim yashaydigan dom oldiga taksidan tushirayotsam 2 ta ichki ichlar formasidagi xodim turgan ekan. Ustimda kiyimlarim eskiroq edi. Ulardan bittasi shu hudud uchastka noziriman deb darhol hujjat talab qildi. Yonimda ishxona (vazirlik) guvohnomasi bor edi olib ko’rsatdim. Uchastka noziri guvohnomamni qo’limdan nari itarib tashlab, bu guvohnoma faqat o’zim ishlaydigan tashkilotgagina o’tishini pisanda qilib, fuqarolik passport ko’rsatishimni talab qildi. Uchastka nozirini bu hatti harakati qonuniymi? Xizmat guvohnomasini tan olmaslikka haqqi bormi? Umuman xizmat guvohnomasini o’rni qanaqa ijtimoiy hayotda? 2) Men uyga kirib passportlarni olib chiqdim va uchastka noziriga berishdan oldin uning o’zidan hujjat talab qildim. Nozir o‘z guvohnomasini birrov ko’rsatdi-da darhol yopdi. Men endi to’xtatilishim sababini tushuntirib berishini talab qildim. Nozir "propiskang borakanda shunga katta ketyabsanmi?" deb no’o’rin gap qildi va shu hudud unga tegishli ekanligini va men unga uchramaginim uchun meni ayblay ketdi. Men bosiqlik bn kuni bilan ishda bo’lishimni, mahalla-guzar hamma tanishini,qolaversa Prezidentimiz ularga fuqarolar huquqini buzish emas, aksincha himoya qilish va har bir uyga kirib tanishib,profilaktik suhbat o’tkazish vazifasini yuklaganini eslatdim. Xullas, ikkakamiz tortishib qoldik. Nozir hujjatlarimni qo’limdan yulqib olib bo’ysunmaslik moddasi bilan ayblab idorasiga sudray boshladi. Men menga bosim o’tkazgani, o’zini tanishtirmay, hujjat ko’rsatmay qolaversa men bilan qo’pol muomalada bo‘lgani uchun uning ustidan prokuraturaga arz qilishimni bildirdim. Nozir hech kimdan qo’rqmasligini va xatto prokuratura bilan gaplashib qo’yishligini aytib maqtandi. Men indamay uyga kirib ketdim va prokuratura 1007 ishonch raqamini terib hammasini batafsil aytib berdim. Va hatto nozir uyimgacha bostirib kirganini ham qo’shimcha qildim. Aslida nozir domkomni yetaklab orqamdan lo’killab yugurib kelgandi arz qilishga jiddiy kirishganimni bilgach. Aytingchi, yuqorida men qayerda notog’ri harakat qildim? Uchastka noziri ustidan arizam qay tarzda ko’rib chiqiladi? Unga nisbatan qanday chora ko’riladi?

Feb 19, 2018 savol №339 Javohir , г.Toshkent


Kategoriya: Гражданство, Паспортная система, ОВИР 0

тоифа учун туланадиган иш хакини тулаш тартиби хакида

Ўрта махсус маълумотли амалиёт раҳбари 2014 йил 29 декабрда аттестациядан ўтиб 2-тоифа олган. Лекин ходим гувохнома олиб келмаганлиги учун Молия бошкармаси томонидан сметага 2-тоифа учун иш хаки маблаги ажратилмаган. Шу боис ходимга гувохнома олиб келгунга кадар 2-тоифа учун тўланадиган сумма тўланмасдан "тоифасиз" амалиёт рахбари учун иш хаки тулаб келинган. Гувохнома ходим томонидан бухгалтерияга бир йилдан сунг такдим этилди ва Молия бошкармаси томонидан харажатлар сметасига 2-тоифа учун кушимча иш хаки гувохнома такдим этилган кундан бошлаб ажратилди. Аттестация натижаларига кура бериладиган тоифа уч йил давомида кучга эга булади ва уч йилдан сунг ходим "тоифасиз" хисобланади. Шу сабабли ходимга туланадиган 2-тоифа тулови 2017 йил 29 декабрдан бошлаб тухтатилди. Савол: ходим бир йилдан сунг гувохнома олиб келганлиги учун орада бир йил туланмаган тоифаси учун кушимча тулов эндиликда тулаб бериладими? Кай тартибда?

Feb 15, 2018 savol №338 Учқунжон , г.


Kategoriya: Трудовое право 0

Хомиладорлик таътили туловлари хакида.

Коллеж олий маълумотли укитувчиси 2017 йил 25 октябрда иш жойида булган, дарс утган. 26 октябр куни хомиладорлик тугрисидаги касаллик варакасини бухгалтерияга такдим этди? 27 октябр куни фарзанди тугилди, яъни тугруккача ишлаган. Унга тулик 106 кунга хомиладорлик нафакаси туланди. Савол: эндиликда ходим 2017 йил 1 декабрда иш хаклари 15% га кутарилганлиги сабабли хомиладорлик таътили даврининг 1 декабрдан кейинги кунлари учун туловнинг кушимча 15 % туланишини талаб килмокда. Бу холатда унга кушимча тулов туланадими ёки тугруккача ишлаганлиги учун (хомиладорликнинг 7-ойидан кейин таътилга чикиши керак эди) кушимча фарк туланмайдими?

Feb 15, 2018 savol №337 Учқунжон , г.


Kategoriya: Трудовое право 1

yolğiz onalarga bosh tolovisiz uy beriladimi

Men ikkita bolam bilan ota onamni uyida yashmiz uyda kelin bor ora orada janjal kelib chiqadi agar kreditga uy olmoqchi bõlsam menga davlat qanday yordam beradi boshlangich tolovsiz uy olaolamanmi. Javob uchun oldindan raxmat

Feb 15, 2018 savol №336 Nigina , г.


Kategoriya: Семейное право 1

Eng yaxshi huquqshunoslar

Нозирбек Муминов
Huquqshunos, г. Toshkent
Profilni ko'rish
Азиза Ибрагимова
Huquqshunos, г. Toshkent
Profilni ko'rish
Hamdambek Atajanov
Huquqshunos, г. Toshkent
Profilni ko'rish
Махсуда Таджибаева
Huquqshunos, г.
Profilni ko'rish
Bepul savol berish
Savol berish