Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Yuridik.uz mijozlari huquqlarini himoya qilish Siyosati

Yuridik.uz o’z mijozlariga sifati kafolatlangan, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlagan holda va xavfsiz tarzda onlayn yuridik xizmatlarni taqdim etadi. Saytimiz orqali Siz huquqning istalgan sohasi bo’yicha istalgan vaqtda savolingizga professional yuristlardan javob olishingiz mumkin. Xizmatlardan foydalanyotganingizda sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaymiz.

Eng yaxshi huquqshunoslar

Bizning portalimiz sifatli va hamyonbop yuridik xizmatlar barcha uchun ochiq bo’lishini ta’minlash maqsadida butun O’zbekiston bo’ylab eng yaxshi huquqshunoslarni birlashtiradi.

Loyihada ishtirok etuvchi barcha huquqshunoslarning yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotli ekanligi va yetarlicha tajribagaliligi tekshirilgan.

Pulni qaytarish

Agarda siz huquqshunoslar yordam bermagan va/yoki savolingizga yetarlicha javob bermagan deb hisoblasangiz, biz sizga pulingizni qaytaramiz. Pulingizni qaytarish uchun savol berilgan sanadan boshlab 30 kun ichida bizga yozing. Shikoyatlarni qabul qilish uchun email: appeal@yuridik.uz

Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi

Sizning ishonchingizni oqlash faoliyatimizning bosh tamoyillaridan biridir. Ro`yxatdan o’tish jarayonida va loyihadan foydalanishning boshqa bosqichlarida kiritiladigan shaxsiy ma’lumotlar hech qayerda chop etilmaydi

Aloqa ma’lumotlaridan (telefon raqami, email manzili) ma’muriyat tomonidan sizga bog’lanish va/yoki huquqshunoslar tomonidan savolning to’liq mazmunini aniqlashtirish uchun foydalanilishi mumkin.

Muammoli masalani hal qilishni bizga ishoning!

Huquqshunosga savol berish

Qo’llab-quvvatlash

Agarda sizda loyiha faoliyati bilan bog’liq savol, taklif yoki shikoyat bo’lsa, biz sizni barcha imkoniyatarimizdan foydalanib qo’llab-quvvatlashga va’da beramiz. Buning uchun bizga xabar qoldiring.

ESLATMA! Texnik qo’llab-quvvatlash xizmati yuridik masalalar bo’yicha yuridik konsultatsiya ko’rsatmaydi, yuridik savollarni maxsus bo’limga yozing.

Hurmatli foydalanuvchilar,

Sizga yuqori sifatda xizmat ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz! Agarda qandaydir shikoyatingiz, taklifingiz bo’lsa, har qanday vaqtda menga xat yozishingiz mumkin. Loyiha bo’yicha fikringizni bildiring, yanada yaxshilash uchun g’oyalar bering. Biz sizning fikringizni va ishonchingizni qardlaymiz! Sizning tanlovingiz va bildirgan ishonchingizdan faxrlanamiz!

Hurmat bilan, Yuridik.uz loyihasi koordinatori