Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Блог юристов

Zamonaviy yuristlar qanday o’qitilishi kerak?

Автор: Manager
Sep 16, 2017

Nazariyami yoki amaliyot?

Yurist, nazariy bilimlarsiz oddiy bajaruvchiga aylanib qoladi va qonunchilikdagi o‘zgarishlar uni qiyin holatga solib qo‘yadi. Ba’zi yuristlarning fikricha yuridik ta’limning vazifasi talabaga nazariy bilimlarni berish, unga amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish esa ish beruvchining vaziyafasidir. Ularning fikricha nazariy bilimlari yaxshi bo‘lgan yurist amaliyotga borgach, garchi unda amaliy ko‘nikmalar bo‘lmasa-da, bir oz vaqtdan keyin ularni egallab boshqalardan o‘zib ketadi. Lekin ko‘pchilik mutaxassislar fan va ta’lim amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak deb hisoblashadi. Albatta, nazariy bilmlar muhim, lekin amaliyotsiz fan ham bo‘lmaydi.

Qonunchilikni biladigan yurist yaxshi yurist, lekin fikrlaydigan va bilganlarini qo‘llay oladigan yurist bu haqiqiy yuristdir.

Demak bu masalada muvozanatni topish muhim. Buni xuddi tibbiyot o‘quv yurtlaridagi kabi ordinatura yoki shunga o‘xshash shaklda amalga oshirish mumkin. Hozirda bizda amaliyotga yo‘naltirilganlik o‘qitishning modul tizimi shaklida amalga oshirilmoqda va muvaffaqiyatli kechmoqda. “case study” huquqiy me’yorni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam bermoqda. Ko‘plab amaliyotchi yuristlar ta’limga jalb etilmoqda, yuridik klinika orqali amaliy tajriba yig‘ishga ham harakat qilinmoqda.

Yuridik oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga nima yetishmayapti?

Amaliyotchi yuristlar bugungi bitruvchilarda muayyan ko‘nikmalar: yuridik yozma nutq, fikrga dalillar keltirish, o‘z mavqryini aniq ifodalash kabi “soft skills” deb ataladigan ko‘nikmalar yetishmayotganini ta’kidlaydilar. Shuningdek, “muayyan vaziyatda normani qo‘llash ham ularga qiyinlik qilmoqda” deydi ba’zi amaliyotchilar.

Boshqa bir tajribali advokatga ko‘ra esa, bitiruvchi yuristlarga muayyan amaliy ko‘nikmalar emas, balki professional maqsadga intiluvchanlik va tanlagan huquqshunoslik kasbidagi aniq qadriyat mo‘ljali yetishmayapti.

Yuridik konsalting va umuman yuridik xizmat bu faqat bilimgagina emas, xizmat ko‘rsata olish qobiliyatiga tayanadi, bu borada biz sartaroshlik, sotuvchilik kabi xizmat ko‘rsatish sohalaridan farq qilmaymiz. Mana shu xizmat ko‘rsatishni uddalash bugungi bitiruvchilar yetishmayotgan eng muhim narsadir. Yangi bitiruviga bu xizmat ko‘rsatish sohasi ekanligini aytsangiz shok holatiga tushadi, buni tasavur qila olmaydi. Biroq, bitiruvchiga huquqshunosning rolini tushuntirish bu ko‘proq ish beruvchining ishi. Bitiruvchiga birinchi o‘rgatadigan ishimiz - bu mijoz bilan muomala-munosabatni o‘rgatishdir, lekin buni oliy o‘quv yurtida o‘rgatishmaydi. Va bizningcha bu o‘quv yurtining vazifasi emas.

Yangi dunyoga yangi yuristlar kerak!

Bugungi kun yuristi loyihaviy ishlarni bilmay turib, iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini mikro va makro darajalarida tushunmay turib, huquqiy hujjatlar tayyorlashning amaliy ko‘nikmalarini egallamay turib muvaffaqiyatli, raqobatbardosh va kerakli kadr bo‘laolmaydi. Ko‘pgina bitiruvchilarimiz qonunchilikni juda yaxshi bilganlari holda, o‘z mavqeylarini to‘g‘ri ifodalash va kerakli hujjatni yozish, muayyan bir harakatni bajarishga kelganda qoqilib qolmoqdalar.

Albatta, aslida yuridik ta’lim boshqa mamlakatlardaa ham nisbatan konservativ bo‘lib, yangi sharoitlarga ko‘nikishi qiyin kechadi. Biz industrial iqtisodiyot davridagi talablarga javob beradigan ta’limdan yangi postindustrial davr talablariga javob beradigan sifatga ko‘tarishimiz kerak. Zamon bir necha sohalarga oid bilimlarni mujassam etishni talab etmoqda. Yaqin kelajakda biz tushungan klassik yuristlar bo‘lmaydi, balki zamonaviy yurist – yurist, menejer, marketolog va iqtisodchi malakalarini o‘zida mujassam etgan mutaxassisga aylanadi.

 

O’tkirbek Xolmirzayev

Tahlil
  • Поделиться

0 комментарии


Нравится журнал? Подпишись!

Самое интересное 2 раза в месяц на ваш e-mail