Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Блог юристов

Yuristlar haqida qiziqarli faktlar

Автор: Hamidulla
Sep 14, 2017

Yurisprudensiya –ko’pchilik uchun tushunarli bo’lmagan, ammo jamiyat hayoti uchun muhim faoliyat sohalaridan biridir. Ushbu maqolada keltirilgan faktlarni o’qib, bu sohaga yanada qiziqishingiz ortadi:

1.Huquqshunoslik sohasidagi atamalarning aksariyat qismi antik davrda paydo bo’lgan. Masalan, "prokuror" so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “g'amxo'rlik qiladigan odam", "yurist" so’zi "huquq", “notarius” esa “yozuvchi” deb tarjima qilinadi. Bu so’zlarning barchasi hozirda o’lik til hisoblanuvchi, qadimiy lotin tilidan olingan.

2. Har kim ham mukammal yuridik ta’lim olaolmaydi, agar siz yuridik sohani yaxshi o'zlashtirgan bo'lsangiz, yurist yoki advokat sifatida ishlamasangiz ham, bilimingizdan hayotingiz davomida maksimal foydalana olasiz. Mahatma Gandi, Fidel Kastro, Vladimir Lenin – haqiqiy mutaxassisligi bo’yicha yurist. Ularga yuridik soha qanday foyda keltirganligini tarjimayi holi orqali ko’rishingiz mumkin. Yurist siyosatchi bo'lishi mumkin, ammo siyosatchi yurist emas. Bu kasbning qiymati oltinga arziydi, shuning uchun yuridik konsultatsiya kerak bo'lsa, eng yaxshisini tanlang, ular o'z ishlarini yaxshi biladilar. J

3. Tibbiyot xodimlari singari, yuristlarning faol ishlatadigan so'z va so’z birikmalari soni 15 000 so'zni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: qishloq xo'jaligi vakillari esa1500 so'zdan faol foydalanadilar.

4. Shu vaqtga qadar 45 nafar saylangan Amerika Qo’shma Shtatlari prezidentlarining 28 nafari mutaxassisligiga ko’ra yurist(huquqshunos) bo’lishgan. U 62 % degani. Bugungi kunda AQSH Senatining 2/3 qismini yuristlar tashkil etadi.

5. Har yili Rossiyada 150 ming nafar yurist oliy ta’lim muassasasini tamomlaydi, 20% qismi Moskvada. Yuristlarni tayyorlash uchun 1165 ta OTM mavjud. Natijada, har 200 kishiga 1 yurist to’g’ri keladi. AQShda esa 270 kishi uchun bitta yurist to’g’ri keladi.

6. O’zbekistonda 3781 nafar advokat mavjud bo’lib, 47 % advokat Toshkent shahrida faoliyat olib boradi. 2,6 ming nafar yuridik xizmat xodimi mavjud. Taxminan har 8400 kishiga 1 ta advokat to’g’ri keladi.

7. Fransiya qiroli Lyudovik XII yuristlarni edikdo’zlarga o’xshatgan va “ular kerakli shaklga ega bo’lish uchun qirqadi, tikadi, eritadi, cho’zadi “ der edi. Yaroslav Gashekning fikricha yaxshi advokat sizni boshqa bir inson aslida inson emas hayvon ekanligiga ishontiraoladi.

8. Buyuk Britaniyaning kelajakni bashorat qilish bilan shug’ullanadigan “Fast Future” agentligi 2030-yilga borib, eng ommabop va mashhur kasb – “virtual yurist” bo’ladi deb hisoblaydi.

8.1. O’zbekistonda barcha yuristlar uchun mo’ljallangan onlayn yuridik xizmatlar ko’rsatishga ixtisoslashgan yagona vebsayt bo’lib, u yuridik.uz domenida joylashgan*

9. Bir qancha davlatlarda “Yuristlar kuni” kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Xususan, Rossiyada 3-dekabr, Meksika va Gvatemalada 12-iyul, Ekvadorda esa 20-fevral kasbdoshlarimizning bayrami hisoblanadi. O’zbekistonda esa yuristlar uchun umumiy kasb bayrami bo’lmasa-da, 8-yanvar “Prokuratura xodimlari kuni” hisoblanadi.

10. Dunyodagi birinchi huquqshunos sifatida – Hammurapi bilinadi, u birinchi marta Qonunlarni kitob shaklida yozdirgan va ular “Hammurapi qonunnlari” nomi bilan tarixda qolgan.

Ushbu ma’lumotlar qiziqarli bo’lmasligi mumkin, ammo o’z kasbingizdan faxrlanishingizga sabab bo’lsa, maqoladan ko’zlangan maqsadga erishilgan bo’ladi.

* Bu bizning fikrimiz, siz bunga qo’shilmaslikka haqlisiz!

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Qiziqarli
  • Поделиться

0 комментарии


Нравится журнал? Подпишись!

Самое интересное 2 раза в месяц на ваш e-mail